Google Google «EMU» kompaniyasi haqida - EMU

«Express Mail Universal» kompaniyasi bu – hujjat va yuklarni eng tezkor usulda yetkazib berishga ixtisoslashgan pochta va kuryerlik xizmatidir. Mijozlar ishonchi, buyurtmaning ishonchliligi va xavfsizligi, ma’lumotlarning maxfiyligi va himoyasi – kompaniya ustuvorligidir. Biz xizmatlarimiz sifatini doimo yaxshilashga urinamiz va mijozlarga eng qulay narxlar, shu bilan birgalikda, chegirmalar tizimini taklif etamiz. «Express Mail Universal» tezkor yetkazib berish xizmatlaridan foydalaning va xizmatlarimiz sifatiga baho bering.

«Express Mail Universal» kompaniyasi – O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tgan va litsenziyaga ega ekspress yetkazib berish operatoridir. Kerakli resurs, texnologiya va transport vositalari uchun shaxsiy hududiga ega «Express Mail Universal» kompaniyasi, 2016-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi bo’yicha barcha jismoniy va yuridik shaxslar orasida, shu bilan birga, uylar va idoralarga doimiy hujjat va yuk tashish bilan shug’ullanib kelmoqda.

«Express Mail Universal» kompaniyasi mijozlar huquqlari tog’risidagi qoidalarga tayangan holda, mijozlar oldidagi majburiyatlarini hammasidan ustun qo’yadi!

KOMPANIYA MAQSADI

  • Mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish;
  • Xaridorbop narxlar belgilash;
  • O’zbekiston bo’ylab keng tarmoqli ish olib borish;
  • Innovatsion texnologiyalardan foydalanish;
  • Sug’urtalangan ishonchli kuryerlik jo’natmalarini yuborish;
  • Respublikamizda kuryerlik xizmatini rivojlantirish;
  • Jo’natmalarni qisqa vaqt ichida yetkazishni ta’minlash;
  • Yetkazib berish xizmatini avtomatlashtirish;

KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

Ha albatta. Toshkent shahri va viloyati bo’yicha sovg’alar va gullar yetkazib berish bilan ham shug’ullanamiz. Bizning tariflar saytning tegishli sahifasida ko’rsatilgan. Narxlarni operatorimizga qo’ng’iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.

Buyurtmachi kuryer uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi kerak, xususan:

  • yuboruvchi va qabul qiluvchining ismi yoki tashkilot nomi;
  • yuboruvchi va qabul qiluvchining aniq manzillari;
  • jo’natuvchi va qabul qiluvchining telefon raqami;
  • yetkazib berish muddati;
  • yuk turi: konvert, posilkalar (aniq vazn, o’lchovlar, format).

Internet-do’konlar mijozlariga xizmat ko’rsatish «EMU» tarmog’ining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Biz bu ishga katta mas’uliyat bilan yondashamiz, samaradorlikni va tovarlarni yetkazib berishning xavsizligini to’la ta’minlaymiz.

Sizga hamkorlik uchun eng qulay shart-sharoitlarni taklif etishga tayyormiz. Bizning menejerlarimiz bilan qulay tarzda bog’laning va siz ulardan o’zingizga kerakli barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Ishonchimiz komil: kelishuvga albatta erishamiz.

Afsuski yo’q.

Naqd pul qonun tomonidan jo’natilishi taqiqlangan predmetlar qatoriga kiradi. Shuningdek «qora» ro’yxatdan qurol, aktivlar, giyohvand moddalar, qimmatbaho toshlar va metallar, oziq-ovqat, hayvonlar, o’simliklar va boshqalar joy olgan.

– Ha, albatta. Siz bank tomonidan taqdim etilgan hisob-faktura yoki elektron to’lov asosida pul o’tkazishingiz mumkin. Bu holda bizda buyurtmani bajarishga kirishishimiz uchun 100% oldindan to’lov talab qilinadi

Yana savollaringiz bormi?     Biz bilan bog’laning