EMU Express 10 yoshda: bir o‘n yillik ishonch va tezlik

7-noyabr kuni EMU Express kompaniyasi o‘zining 10 yillik yubileyini bosh ofisida jamoa bilan birga nishonladi. Bayram kuni ofis binosi kompaniyaning brend ranglari — to‘q sariq va binafsha sharlar bilan bezatildi. Kirish qismida sharlardan yasalgan katta «10» raqami o‘rnatildi. Ofis hovlisida EMU Express’ning brendlangan avtomobillari safga tizildi. Tadbirda kompaniya rahbariyati, bo‘lim xodimlari va kuryerlar ishtirok etdi. Kompaniya direktori Murod Jumayev jamoani 10 yillik yubiley bilan tabrikladi. Bayram umumiy jamoa surati bilan yakunlandi. 10 yilda erishilgan natijalar O‘tgan o‘n yil ichida EMU Express kichik kuryerlik xizmatidan butun mamlakat bo‘ylab ishlaydigan yirik pochta va logistika kompaniyasiga aylandi: O‘zbekistonning barcha hududlarida 220 dan ortiq filial Oyiga 300 mingdan ortiq jo‘natma Jami 12 million yetkazib berish Qozog‘istonda Exline brendi ostida faoliyat Rahmat sizga! Bu natijalar ortida har kuni jo‘natmalarni manzilga yetkazayotgan kuryerlarimiz, filial operatorlarimiz va bizga ishonch bildirgan mijozlarimiz turibdi. EMU Express jamoasi barcha hamkorlar va mijozlarga minnatdorchilik bildiradi. Keyingi o‘n yilda ham xizmat sifatini oshirish va yanada tezroq yetkazib berishda davom etamiz. Batafsil ma’lumot: emu.uz · Call-markaz: 71 200 96 69
