Google Google Gabaritli yuklarni yetkazib berish - EMU

Gabarit vaznli va standart yuklarni yetkazib berish

«Express Mail Universal» O’zbekiston hududi bo’ylab gabarit va standart yuklarni ekspress yetkazib berish xizmatini taklif etadi. Bizning yagona professional yechimlarimiz va «Express Mail Universal» tarmog’idagi hamkor kompaniyalarning imkoniyatlari tufayli biz mijozlarimizga, og’irligi 30kgdan boshlanadigan turli gabarit o’lchamidagi kuryer jo’natmalarni tashish va yetkazib berish xizmatlarini taklif etamiz. Bizning mutaxassislarimiz havo va yo’l transporti orqali yukni eng tez yo’l bilan yetkazib berish usullarini hisobga olib, sizning yukingiz uchun eng qulay bo’lgan yuk tashish transport turini maslahat qilishadi.

Yukni yetkazib berish xarajatlari hisobi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz: 0-(371)200-9669 yoki +998(95)198-9669 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.

«Express Mail Universal» kompaniyasi mutaxassislari info@emu.uz e-maili yoki 0-371-200-96-69 va +99895-198-96-69 raqamlari orqali yuklarning tashishga aloqador savollaringizga javob berishga tayyor. Buyurtma kuryerni ma’lum bir manzilga chaqirish yoki «Express Mail Universal» kuryerlik xizmatlari ofislaridan biriga jonatmalarni olib kelib berish orqali amalga oshiriladi.

XIZMATLARIMIZ AFZALLIKLARI
  • mijozning xohishi asosida u turgan hududga yetkazib berish;
  • mijozning vaqtida qarab yetkazib berish;
  • mijozning istagi bo’yicha (oluvchi yoki jo’natuvchi) to’lov turini amalga oshirish;
  • 24 soat ichida Respublika viloyat markazlarigacha yetkazish;
MIJOZLAR BILAN ISHLASH
  • kuryerni uyiga chaqirtirish;
  • ofisdan yoki uydan turib buyurtma berish;
  • xohlagan vaqtda ofisdan olib ketish;
  • yetkazib berish vaqti va kunini o’zgartirish;
  • maxsus qadoqlash ishlarini amalga oshirish;
QO'SHIMCHA QULAYLIKLAR
  • hujjatlarni olib borib, yana keltirib berish;
  • istalgan usulda to’lovni amalga oshirish;
  • topshirilganlik to’g’risida sms xabarnoma olish;
  • yetkazilganligi to’g’risida tasdiqlangan hujjatni mijoz talabiga asosan taqdim etish;

KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

Yana savolingiz bormi?

Ha albatta. Toshkent shahri va viloyati bo’yicha sovg’alar va gullar yetkazib berish bilan ham shug’ullanamiz. Bizning tariflar saytning tegishli sahifasida ko’rsatilgan. Narxlarni operatorimizga qo’ng’iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.

Buyurtmachi kuryer uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi kerak, xususan:

  • yuboruvchi va qabul qiluvchining ismi yoki tashkilot nomi;
  • yuboruvchi va qabul qiluvchining aniq manzillari;
  • jo’natuvchi va qabul qiluvchining telefon raqami;
  • yetkazib berish muddati;
  • yuk turi: konvert, posilkalar (aniq vazn, o’lchovlar, format).

Internet-do’konlar mijozlariga xizmat ko’rsatish «EMU» tarmog’ining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Biz bu ishga katta mas’uliyat bilan yondashamiz, samaradorlikni va tovarlarni yetkazib berishning xavsizligini to’la ta’minlaymiz.

Sizga hamkorlik uchun eng qulay shart-sharoitlarni taklif etishga tayyormiz. Bizning menejerlarimiz bilan qulay tarzda bog’laning va siz ulardan o’zingizga kerakli barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Ishonchimiz komil: kelishuvga albatta erishamiz.

Afsuski yo’q.

Naqd pul qonun tomonidan jo’natilishi taqiqlangan predmetlar qatoriga kiradi. Shuningdek «qora» ro’yxatdan qurol, aktivlar, giyohvand moddalar, qimmatbaho toshlar va metallar, oziq-ovqat, hayvonlar, o’simliklar va boshqalar joy olgan.

– Ha, albatta. Siz bank tomonidan taqdim etilgan hisob-faktura yoki elektron to’lov asosida pul o’tkazishingiz mumkin. Bu holda bizda buyurtmani bajarishga kirishishimiz uchun 100% oldindan to’lov talab qilinadi

Mutlaqo xavfsizlik

Qabul qilib olingan jo'natmalar mustahkam qilib qadoqlanadi va e'tibor bilan yuklanadi. Hujjatlar zarar yetishiga va ma'lumot oshkor etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Tezkor yetkazish

Hujjat, jo'natma va gabaritli yuklaringiz qabul qilingan o'sha kuniyoq jo'natilishi kafolatlanadi, belgilangan muddatda qabul qilib oluvchiga topshiriladi.

24/7 Aloqa

Jo'natmangiz qayerdaligi va qancha muddatda yetib borishini kunning istalgan paytida aniqlashingiz va nazorat qilishingiz mumkin.