Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Jo’natma va banderollarni ekspress yetkazib berish

Jo’natma va banderollarni yetkazib berish kuryerlik xizmati, eng tez va ishonchli xizmatlardan biridir. Jo’natma va banderollarni yetkazib berish kategoriyasiga 30kg gacha bo’lgan ixcham yuklar kiradi.

«Express Mail Universal» pochta va kuryerlik xizmatining bu turi yuk jo’natishga ketkazadigan vaqtingizni maksimal tarzda qisqartiradi, shu bilan birga, kuryerlarning professionalligi va original qadoqlash hisobiga qimmatbaho banderol va shu kabi jo’natmalar butun saqlagan va zarar yetkazmagan holda yetkazib beradi.

Biz sizning jo’natmangizni sizga qulay bo’lgan manzildan olib ketamiz yoki, idoralarimizdan birida qabul qilib olamiz va yuborilgan shaxsning qo’liga topshiramiz. Biz «Express Mail Universal» kompaniyasining qulay narxlari sizga manzur kelishiga ishonamiz.

Jo’natma va banderollarni yetkazib berish xizmatini, saytimizda ariza ro’yxatga olish formasi yoki 0-(371)200-9669 va +998(95)198-9669 telefon raqamlari orqali buyurtma qilishingiz mumkin. Bundan tashqari siz hujjatlaringizni «Express Mail Universal» kuryerlik xizmatlari ofislaridan biriga olib kelib berishingiz mumkin.

XIZMATLARIMIZ AFZALLIKLARI
  • mijozning xohishi asosida u turgan hududga yetkazib berish;
  • mijozning vaqtida qarab yetkazib berish;
  • mijozning istagi bo’yicha (oluvchi yoki jo’natuvchi) to’lov turini amalga oshirish;
  • 24 soat ichida Respublika viloyat markazlarigacha yetkazish;
MIJOZLAR BILAN ISHLASH
  • kuryerni uyiga chaqirtirish;
  • ofisdan yoki uydan turib buyurtma berish;
  • xohlagan vaqtda ofisdan olib ketish;
  • yetkazib berish vaqti va kunini o’zgartirish;
  • maxsus qadoqlash ishlarini amalga oshirish;
QO'SHIMCHA QULAYLIKLAR
  • hujjatlarni olib borib, yana keltirib berish;
  • istalgan usulda to’lovni amalga oshirish;
  • topshirilganlik to’g’risida sms xabarnoma olish;
  • yetkazilganligi to’g’risida tasdiqlangan hujjatni mijoz talabiga asosan taqdim etish;

KO’P BERILADIGAN SAVOLLAR

Yana savolingiz bormi?

Ha albatta. Toshkent shahri va viloyati bo’yicha sovg’alar va gullar yetkazib berish bilan ham shug’ullanamiz. Bizning tariflar saytning tegishli sahifasida ko’rsatilgan. Narxlarni operatorimizga qo’ng’iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin.

Buyurtmachi kuryer uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi kerak, xususan:

  • yuboruvchi va qabul qiluvchining ismi yoki tashkilot nomi;
  • yuboruvchi va qabul qiluvchining aniq manzillari;
  • jo’natuvchi va qabul qiluvchining telefon raqami;
  • yetkazib berish muddati;
  • yuk turi: konvert, posilkalar (aniq vazn, o’lchovlar, format).

Internet-do’konlar mijozlariga xizmat ko’rsatish «EMU» tarmog’ining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Biz bu ishga katta mas’uliyat bilan yondashamiz, samaradorlikni va tovarlarni yetkazib berishning xavsizligini to’la ta’minlaymiz.

Sizga hamkorlik uchun eng qulay shart-sharoitlarni taklif etishga tayyormiz. Bizning menejerlarimiz bilan qulay tarzda bog’laning va siz ulardan o’zingizga kerakli barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Ishonchimiz komil: kelishuvga albatta erishamiz.

Afsuski yo’q.

Naqd pul qonun tomonidan jo’natilishi taqiqlangan predmetlar qatoriga kiradi. Shuningdek «qora» ro’yxatdan qurol, aktivlar, giyohvand moddalar, qimmatbaho toshlar va metallar, oziq-ovqat, hayvonlar, o’simliklar va boshqalar joy olgan.

– Ha, albatta. Siz bank tomonidan taqdim etilgan hisob-faktura yoki elektron to’lov asosida pul o’tkazishingiz mumkin. Bu holda bizda buyurtmani bajarishga kirishishimiz uchun 100% oldindan to’lov talab qilinadi

Mutlaqo xavfsizlik

Qabul qilib olingan jo'natmalar mustahkam qilib qadoqlanadi va e'tibor bilan yuklanadi. Hujjatlar zarar yetishiga va ma'lumot oshkor etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Tezkor yetkazish

Hujjat, jo'natma va gabaritli yuklaringiz qabul qilingan o'sha kuniyoq jo'natilishi kafolatlanadi, belgilangan muddatda qabul qilib oluvchiga topshiriladi.

24/7 Aloqa

Jo'natmangiz qayerdaligi va qancha muddatda yetib borishini kunning istalgan paytida aniqlashingiz va nazorat qilishingiz mumkin.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.