Google Google Tariflar - EMU

Yetkazib berish xizmati uchun hamyonbop narxlar

«Express Mail Universal» kompaniyasi Respublika ichida 3 xil tarif asosida mijozlarga xizmatlar ko’rsatadi:

1. UNIVERSAL tarifi
2. NA DOM tarifi
3. IZ RUK V RUKI tarifi

Har bir tarif yetkazib berish usuliga qarab narxlanadi. Kompaniyamiz shahar ichida gullar va sovg’alar yetkazib berish bilan ham shug’ullanadi.

Tariflar mizojlarning istaklaridan kelib chiqqan holda tuzilgan. Har bir tarifni tanlash mijozning xohishiga bog’liq bo’lib, har bir tarifning o’ziga xos afzal tomonlari mavjud. Xizmatlar uchun to’lov istalgan usulda amalga oshiriladi.

Jo’natmalar tanlangan tarifga ko’ra «EMU» kompaniyasi hududiy ofisiga, oluvchining uyi yoki ofisiga, yoki oluvchining shaxsan qo’liga topshirilishi mumkin.

Ko’pchilik jo’natmalar uchun eng ustuvor variant bo’lib, u kam xarajat talab etadi, tarif rejasi keng qamrovli va tez muddatda yetkazib berish xizmatidir. 
Joriy kun uchun buyurtma qabul qilish 8:00 dan 20:00 gacha, kuryer orqali jo’natib yuborish 18:00 gacha va yetkazib berish keyingi kun davomida.

Bu maxsus hujjat, xat va biznes yozishmalarini maksimal qisqa vaqt va ma’qul narxlarda yetkazib berishga mo’ljallangan tarif rejasidir. 
Joriy kun uchun buyurtma qabul qilish 10:00 dan 18:00 gacha, kuryer orqali jo’natib yuborish 18:00 gacha va keyingi kun davomida yetkazib berish.

Katta shahar ritmi uchun ajoyib tanlov. Xizmat shakli nomidan ma’lum va sharoit ham shunga mos.
 Joriy kun uchun buyurtma qabul qilish soat 10:00 dan 18:00 gacha va yetkazib berish keyingi kun davomida! 
Xizmat «Express Mail Universal» filiallari joylashgan hamma shahar uchun muvofiq.

Ehtiyojlaringiz uchun qaysi tarif mosligini bilolmayapsizmi?

Samarali yechim

«Express Mail Universal» kompaniyasi mijozlar huquqlari tog’risidagi qoidalarga tayangan holda, mijozlar oldidagi majburiyatlarini hammasidan ustun qo’yadi!

Yuborgan jo’natmangiz zarar yetkazilmasdan o’z vaqtida yetkazilishi kafolatlanadi!

Mutlaqo xavfsizlik

Qabul qilib olingan jo'natmalar mustahkam qilib qadoqlanadi va e'tibor bilan yuklanadi. Hujjatlar zarar yetishiga va ma'lumot oshkor etilishiga yo'l qo'yilmaydi.

Tezkor yetkazish

Hujjat, jo'natma va gabaritli yuklaringiz qabul qilingan o'sha kuniyoq jo'natilishi kafolatlanadi, belgilangan muddatda qabul qilib oluvchiga topshiriladi.

24/7 Aloqa

Jo'natmangiz qayerdaligi va qancha muddatda yetib borishini kunning istalgan paytida aniqlashingiz va nazorat qilishingiz mumkin.