Google Google "EMU" kompaniyasi barcha xodimlari uchun seminar-yig'ilish o'tkazdi - EMU

«EMU» kompaniyasi barcha xodimlari uchun seminar-yig’ilish o’tkazdi

2017-yil 18-19 noyabr kunlari Toshkent shahrida “EMU” kompaniyasi tomonidan barcha xodimlar ishtirokida seminar yigilish o‘tkazildi. Nda pochta va kurerlik bozorining bugunki holati tahlil qilinib, UPS, FedEX, DHL singari dunyoning yetakchi pochta operatorlari, Yaponiya pochta va kurerlik bozori misolida xalqaro tajriba o‘rganildi. Xodimlarga xalqaro va ichki pochta jo‘natmalarini qabul qilish, yetkazib berish, rasmiylashtirish, to‘lov turlari va yetkazib berish shartlari haqida tushunchalar berildi. Reklama va marketing sohasidagi faoliyatga alohida e’tibor qaratilib, kompaniyaning internetdagi, ijtimoiy tarmoqlardagi reklamasini kuchaytirish zarurligi uqtirildi.

O‘quv-seminar yakunida kompaniya oldida turgan rejalar, filiallardagi xodimlar zimmasidagi vazifalar aniq belgilab olindi.