EMU Express onlayn do'konlar uchun: tariflar, yetkazish muddati, qaytarish va qo'shimcha xizmatlar

EMU Express onlayn do'konlar bilan shartnoma asosida ishlaydi: sotuvchilar uchun individual tariflar, ommaviy jo'natmalar, API va to'liq fulfilment xizmatlari mavjud. Quyida sotuvchi bilishi kerak bo'lgan asosiy shartlar jamlangan. Hamkorlik shartlari • Shartnoma: yuridik shaxslar va YaTTlarga xizmatlar shartnoma asosida ko'rsatiladi. • Individual tarif: yirik va doimiy korporativ mijozlar uchun maxsus tarif va chegirmalar amal qiladi. • Shaxsiy menejer: biznes mijozlarga alohida menejer biriktiriladi. • Ko'p buyurtma uchun chegirma: Chegirmalar individual kelishilinadi. Ammo, bir manzilga yuboriladigan jo’natmaning vazni ko’paygani sari, har bir kilogram uchun to’lanadigan haq summasi kamayib boradi. • Kunlik buyurtmalar soni: Minimal talab mavjud emas. Ammo, agar internet do’kon egasi kunlik 5 donadan ortiq manzilga buyurtma jo’natsa, kuryer o’sha buyurtmalarni kun davomida borib o’zi borib sotuvchi manzilidan bepul olib ketadi. Yetkazish tariflari EMU Express’da ikki turdagi asosiy tariflar mavjud: "Ofisgacha" (jo'natma EMU punktiga yetkaziladi) va "Uygacha" (kuryer xaridorning manziliga olib boradi). Narx og'irlik, hajm va yetkazish zonasiga (0-4 zonalar) qarab hisoblanadi.
