EMU Express faoliyati raqamlarda

Har qanday muassasaning haqiqiy salohiyatini quruq so'zlar emas, balki aniq raqamlar va dalillar ko'rsatib beradi. Raqamlar — bu erishilgan natijalarning eng xolis tili. Ular qilingan ishlarni ortiqcha ta'rif-tavsifsiz, ravshan va ishonarli tarzda namoyon etadi. Ushbu maqolada EMU faoliyatining asosiy yo'nalishlari aynan raqamlar orqali yoritiladi. Maqola 2016-2026 yillar orasidagi mashaqqatli mehnat va uning samarasini ayni 10 yillikda EMUning yillar kesimida xodimlar, jo'natmalar, yuridik shaxslar bilan shartnomalar, filiallar sonidagi miqdoriy o'sish tendensiyalari va mijozlarning ko'rsatilayotgan xizmatlardan qoniqishi bo'yicha statistik ko'rsatkichlar tilida taqdim etadi. Jo'natmalar qabuli (2016-2026) EMU Express 2017-yilda yiliga atigi besh mingga yaqin jo'natma bilan faoliyat boshlagan bo'lsa, keyingi yillarda pochta xizmatlariga bo'lgan talabning ortishi, hududiy qamrovning kengayishi va mijozlar ishonchi natijasida jo'natmalar soni yilma-yil muntazam o'sish tendensiyasini namoyish etib kelmoqda. Bozor talabining yuqoriligi tufayli kompaniya faoliyatining dastlabki yillarida o'sish sur'ati hatto 3-7 barobarni ham tashkil etgan. Ushbu natijalar kompaniyamizning logistika salohiyati, tezkor va ishonchli xizmat ko'rsatish tamoyillari hamda bozordagi barqaror rivojlanishini yaqqol namoyon etadi. Xodimlar soni (2016-2026) EMU Express 2017-yilda 22 nafar xodim bilan faoliyat boshlagan. Keyingi yillarda xizmatlar hajmining kengayishi va filiallar sonining ortishi natijasida xodimlar soni ham mutanosib tarzda o'sib bordi. 2019-yilda xodimlar 112 nafarga, 2022-yilda 223 nafarga o'zgardi. Ayniqsa, 2023–2025-yillar oralig'ida kompaniyaning faol rivojlanishi hisobiga xodimlar sonida keskin o'sish kuzatildi. 2025-yilda 517 nafarga yetgan. Ushbu raqamlar EMU Express'ning nafaqat logistika va pochta xizmatlari borasida, balki yangi ish o'rinlari yaratish va professional jamoani shakllantirish borasida ham izchil rivojlanayotganini namoyon etadi. Jo'natmalarning yetkazish tezligi (2026, may) EMU Express o'z mijozlari eng birinchi o'rinda qadrovchi "yetkazib berish tezligi" ko'rsatkichiga doimo alohida e'tibor qaratadi va ayni yo'nalishdagi ko'rsatkichlarni doimo tanqidiy tahlilini amalga oshirib boradi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2026-yilning may oyigacha bo'lgan muddatda jo'natmalarning 63 foizi 1 kun ichida manziliga yetkazilgan. Shuningdek, jo'natmalarning 16 foizi 2 kun, 21 foizi esa 3 kun ichida muvaffaqiyatli yetkazib berilgan. Ushbu ko'rsatkichlar kompaniyamizning tezkor logistika tizimi, hududlararo samarali transport yo'nalishlari va operatsion jarayonlarning to'g'ri tashkil etilganidan dalolat beradi. Yuridik shaxslar bilan shartnomalar miqdori (2016-2026) Ushbu grafik orqali EMU Expressning 2017–2026-yillar oralig'ida yuridik shaxslar bilan shartnomalari soni bo'yicha barqaror va yuqori o'sishga erishganini ko'rish mumkin. U 2017-yilda kompaniyamizda atigi 39 ta yuridik shaxslar bilan hamkorlik shartnomasi mavjud bo'lgan bo'lsa, keyingi yillarda internet magazinlari va korporativ mijozlar sonining ortishi natijasida bu ko'rsatkich muntazam o'sib borgan. 2020-yilda shartnomalar soni 341 taga, 2023-yilda 550 taga, 2025-yilda esa rekord darajadagi 949 taga yetgan. Filiallar soni (2016-2026) EMU Express’ning filiallar tarmog‘i so‘nggi yillarda jadal sur’atda kengayib bormoqda. 2017-yilda atigi 4 ta filial bilan faoliyat yuritgan kompaniya 2026-yil may holatiga ko‘ra 220 dan ortiq filialga ega bo‘ldi – bu boshlang‘ich ko‘rsatkichdan qariyb 56,7 baravar ko‘p. Bugungi kunda kompaniya O‘zbekiston bo‘ylab 220 dan ortiq filialga ega bo‘lib, har bir tumanda xizmat ko‘rsatish nuqtasi mavjud. Bu mamlakat hududining deyarli to‘liq qamrab olinganini va aholiga yaqin xizmat tarmog‘i shakllanganini bildiradi. Bu ko‘rsatkichlar EMU Express’ning barqaror rivojlanayotgan, hududiy qamrovi keng va salohiyati tez o‘sayotgan logistika kompaniyasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. TOP 5 shaharlar (2025) Ushbu infografika ma’lumotlari EMU’ning korporativ mijozlari uchun qiziqarli va foydali bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib tahlilga qo‘shilgan. Infografika EMU Express’ning 2025-yilda jo‘natmalar yetkazib berilishi bo‘yicha eng yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-5 shaharlarini aks ettiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahri 14,1 foizlik ulush bilan birinchi o‘rinni egallagan. Poytaxtning birinchi o‘rinda bo‘lishi kutilgan holat. Bu poytaxtda xizmatlarga bo‘lgan talab va logistika oqimi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Ikkinchi o‘rinda Samarqand shahri 8,7 foiz ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Andijon 7,9 foiz, Namangan 7,4 foiz hamda Urganch shahri 7,0 foizlik ulush bilan keyingi pog‘onalardan joy olgan. Minnatdor mijozlar (2026-yil, iyun) EMU Express xizmatlari sifatidan qoniqish darajasini aniqlash uchun 2026-yil iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 1 231 nafar mijoz ishtirok etib, ularning aksariyati EMU xizmatlaridan mamnun ekanini izhor etgan ("Juda mamnunman" – 44 foiz, "Mamnunman" – 25 foizni tashkil etadi). Ya’ni mijozlarning qariyb uchdan ikki qismi (69%) xizmat sifatini ijobiy baholagan. Mazkur so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, EMU Express mijozlarining sodiqlik darajasini o‘lchovchi NPS (Net Promoter Score) ko‘rsatkichi +31,6 ni tashkil etdi. Bu mijozlar EMU Express xizmatini boshqalarga tavsiya etishga moyilligini bildiradi. Natijalarga ko‘ra, "Tarafdorlar" (9–10 ball bergan sodiq mijozlar) – 61 foiz, "Passivlar" (7–8 ball) – 10 foiz, "Tanqidchilar" (0–6 ball) esa 29 foizni tashkil etgan. 29 foizlik "Tanqidchilar" va ularning e’tirozlari bo‘yicha EMU Express jamoasi allaqachon samarali yechimlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlab yuborgan. So‘rovnoma tadqiqotining umumiy ko‘rsatkichlari EMU Express xizmat sifatining yuqori ekanidan dalolat beradi. Xulosa Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu raqamlar EMU Express’ni keng hududiy qamrovga, ishonchli mijozlar bazasiga va yuqori xizmat sifatiga ega yetakchi logistika kompaniyasi sifatida tavsiflaydi hamda uning kelajakdagi o‘sish salohiyati yuqori ekanini tasdiqlaydi. Abdusattor Jumaniyozov - EMU Express direktor o'rinbosari