Jo'natma yuborish, narxlar, yetkazish muddati, kuzatish, to'lov va qaytarish bo'yicha 56 ta savolga javob. Javob topmasangiz — qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing.
Ikki yo'l bor: jo'natmani eng yaqin EMU punktiga (PVZ) olib borasiz yoki kuryer chaqirasiz. Buyurtmani saytda, EMU Express mobil ilovasida, Telegram'dagi @emupostbot orqali yoki +998 71 200 96 69 raqamiga qo'ng'iroq qilib berishingiz mumkin. Narxni oldindan kalkulyatorda hisoblab olasiz.
Ha. Buning uchun "Zabor" xizmati bor: kuryer belgilangan vaqtda manzilingizga kelib, jo'natmani olib ketadi va EMU ofisiga yetkazadi. U yerdan jo'natma tanlangan tarif ("Ofisgacha" yoki "Uygacha") bo'yicha yo'lga chiqadi.
Batafsil
Buyurtmani EMU Express mobil ilovasi orqali rasmiylashtirsangiz, kuryer chaqirish bepul. Boshqa holatlarda 3 kg gacha bo'lgan jo'natma uchun kuryer chaqirish 25 000 so'm turadi, og'irroq jo'natmalar uchun narx tarif kartasidagi qoidalar bo'yicha hisoblanadi (narx 20.11.2026 holatiga).
Korporativ mijozlar uchun: buyurtmalar kamida 5 ta manzilga jo'natilsa, kuryer ularni sotuvchining manzilidan bepul olib ketadi.
O'zbekistonning barcha 14 hududiga: Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Buxoro, Farg'ona, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Navoiy, Qoraqalpog'iston, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo. Shuningdek, 165 dan ortiq davlatga xalqaro jo'natmalar yuboriladi.
Batafsil
Pochta indeksi olti xonali kod: dastlabki ikki raqam viloyatni, keyingi ikkitasi tumanni, oxirgi ikkitasi aniq hudud yoki bo'limni bildiradi (Toshkent indekslari 100 bilan boshlanadi). Indeksni saytdagi qidiruv sahifasida manzil kiritib yoki xaritadan viloyatni tanlab topishingiz mumkin. Toshkent va Samarqand indekslarining to'liq ro'yxati blogda alohida berilgan.
Giyohvand va psixotrop moddalar, qurol va o'q-dorilar, portlovchi moddalar, tez yonuvchi suyuqliklar, radioaktiv va zaharli kimyoviy moddalar, qalbaki mahsulotlar va qonun bilan taqiqlangan boshqa buyumlarni jo'natib bo'lmaydi. Dori-darmon, oziq-ovqat, o'simlik va urug'lar, antikvar buyumlar, qimmatbaho metall va toshlarni xorijga yuborish uchun qo'shimcha ruxsat kerak bo'ladi.
Jo'natma yo'lda shikastlanmaydigan qilib qadoqlanishi kerak. Kosmetika, suyuqliklar va mo'rt buyumlar qadoqlash talablariga mos holda qadoqlanadi. Qimmatbaho jo'natmalar uchun qiymatini e'lon qilib, sug'urta qilishni tavsiya qilamiz.
Ha. EMU Express O'zbekiston bo'ylab yirik yuklarni ham tashiydi: ofis ko'chirish, mebel, zavoddan viloyat omborlariga katta hajmli yuklarni tashish ham EMU Express xizmatlaridan hisoblanadi.
Narx jo'natmaning og'irligi, hajmi, yetkazish zonasi va tarifga bog'liq. Aniq narxni kalkulyatorda hisoblashingiz mumkin: yo'nalish, og'irlik va tarifni tanlaysiz, narx darhol chiqadi.
Ofisgacha tarifida jo'natma qabul qiluvchiga eng yaqin EMU punktiga yetkaziladi va mijoz o'z jo'natmasini u yerdan o'zi olib ketadi. Uygacha tarifida kuryer jo'natmani to'g'ridan-to'g'ri qabul qiluvchining manziliga olib boradi. Ofisgacha tarifi arzonroq.
Narx masofaga qarab 5 ta zona bo'yicha hisoblanadi:
Zona qanchalik uzoq bo'lsa, narx shunchalik yuqori bo'ladi. Masalan, Toshkent shahridan Toshkent viloyati va Sirdaryo 1-zona, Jizzax va Samarqand 2-zona, Buxoro, Navoiy, Farg'ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo 3-zona, Xorazm va Qoraqalpog'iston 4-zona hisoblanadi. Barcha viloyatlar o'rtasidagi zonalar jadvali tarif kartasida berilgan.
1 kg gacha bo'lgan jo'natmani "Ofisgacha" tarifida shahar ichida (0-zona) yuborish QQS bilan 23 320 so'm turadi (QQSsiz 22 000 so'm; narx 20.11.2026 holatiga). Har keyingi kilogramm uchun qo'shimcha haq olinadi. Joriy narxni har doim kalkulyatorda tekshiring.
Narx birinchi kilogramm uchun yaxlit hisoblanadi: kuryer 150 grammlik konvertni ham, 1 kilolik qutini ham bir xil mashinada, bir xil yo'nalishda va bir xil vaqt sarflab olib boradi. Keyingi har bir kilogramm esa birinchisidan ancha arzon turadi.
Narx haqiqiy og'irlik yoki hajmiy og'irlikning qaysi biri katta bo'lsa, shu bo'yicha hisoblanadi. Hajmiy og'irlik formulasi: uzunlik × kenglik × balandlik (sm) ÷ 6000. Bu O'zbekiston ichidagi jo'natmalar uchun; xalqaro jo'natmalarda xalqaro standart bo'yicha 5000 ga bo'linadi.
Asosiy qo'shimcha xizmatlar (narxlar 12.09.2026 holatiga):
Narxlar o'zgarishi mumkin, joriy narxlarni tarif kartasidan tekshiring.
Bu jo'natuvchi bilan kelishuvga bog'liq. Ba'zi onlayn do'konlar va banklar yetkazib berish haqini o'zlari to'laydi: bunday holatda qabul qiluvchidan pul olinmaydi. Ilovada yoki SMS'da yetkazish narxi 0 so'm deb ko'rsatilgan bo'lsa, siz qabul qiluvchi sifatida hech narsa to'lamaysiz.
Toshkent shahri ichida odatda 24 soatda, viloyat markazlariga 24–48 soatda, tuman va chekka hududlarga 24–72 soatda yetib boradi. "Uygacha" tarifida juda olis hududlarga, masalan, Andijondan Qoraqalpog'istonning chekka qishlog'iga yetkazish 72 soatgacha cho'zilishi mumkin. 2026-yil may oyigacha bo'lgan statistikaga ko'ra, jo'natmalarning 63 foizi 1 kunda, 16 foizi 2 kunda va 21 foizi 3 kunda yetkazilgan.
Trek raqami bo'yicha uch xil usulda, bepul kuzatish mumkin:
Trek raqami jo'natma ro'yxatdan o'tganda (SMS orqali) beriladi. U jo'natuvchiga beriladigan kvitansiyada va shaxsiy kabinetdagi buyurtmalar ro'yxatida ham bor. Onlayn do'kondan buyurtma qilgan bo'lsangiz, trek raqamini sotuvchidan so'rang.
Avval jo'natuvchidan yoki onlayn do'kondan trek raqamini so'rang. Agar bo'lmasa, sayt chatiga yoki +998 71 200 96 69 raqamiga murojaat qiling: operatorlarimiz jo'natmani qabul qiluvchining telefon raqami bo'yicha ham topib bera oladi. Jo'natilgan sana, jo'natuvchi va qabul qiluvchi ma'lumotlarini aytsangiz, qidiruv tezlashadi.
Yangi jo'natma tizimda bir necha soatdan keyin paydo bo'ladi. Raqam to'g'ri kiritilganini tekshiring. Agar onlayn do'kon jo'natmani hali EMU Express'ga topshirmagan bo'lsa, u bizda ko'rinmaydi: bunday holatda sotuvchiga murojaat qiling.
Jo'natma bir necha filialdan o'tsa, "Saralanmoqda" va "Yuborildi" holatlari takrorlanishi mumkin. Holat bir kundan ortiq o'zgarmasa, +998 71 200 96 69 raqamiga qo'ng'iroq qiling.
Jo'natma punktga yetib kelganda yoki kuryerga berilganda telefoningizga SMS keladi. SMS'da kuryer yoki punktning telefon raqami ko'rsatiladi. Xabarnomalarni Telegram'da olish uchun @emupostbot'da ro'yxatdan o'ting.
O'zbekiston bo'ylab 220 dan ortiq EMU punkti (PVZ) bor. Eng yaqin punktning manzili, ish vaqti va telefonini punktlar xaritasida topishingiz mumkin. Xaritani viloyat bo'yicha saralash va ro'yxatni Excel fayl ko'rinishida yuklab olish mumkin.
Batafsil
Ish vaqti punktga qarab farq qiladi. Ko'pchilik punktlar dushanbadan shanbagacha 09:00 dan 18:00 gacha ishlaydi, tushlik 13:00–14:00. Ba'zi punktlar 08:00 da ochiladi yoki 20:00 gacha ishlaydi. Har bir punktning aniq ish vaqtini xaritadagi kartochkasidan ko'ring.
Batafsil
Ko'pchilik punktlar yakshanba kuni dam oladi. Shaharlardagi ayrim punktlar haftaning 7 kuni ishlaydi. Bunday punktlarni xaritada "Du–Ya" belgisi bo'yicha topasiz.
Batafsil
Jo'natma punktga yetib kelganda SMS orqali kod keladi. Jo'natmani olishda shu kodni yoki SMS'ni ko'rsatsangiz kifoya. Kod EMU Express ilovasida ham ko'rinadi: jo'natma kelgan telefon raqamingiz bilan ilovaga kiring. Pasport talab qilinmaydi.
Batafsil
Ha. Siz yuborgan kod yoki SMS'ni ko'rsatgan odam jo'natmani olib keta oladi. Kodni faqat ishongan odamingizga bering.
Jo'natma punktga yetib kelgan kundan boshlab 10 kungacha bepul saqlanadi. Shu muddatda olib keta olmasangiz, muddat tugashidan oldin sayt chatiga yoki +998 71 200 96 69 raqamiga murojaat qiling: mijozlarga qulaylik uchun jo'natmani yana 5 kungacha bepul saqlab berishimiz mumkin. Belgilangan muddatda olib ketilmagan jo'natma jo'natuvchiga qaytariladi.
Batafsil
Kuryer yetkazishdan oldin qo'ng'iroq qiladi, shuning uchun telefoningiz yoqilgan bo'lsin. Uchrasha olmasangiz, kuryer bilan boshqa vaqtni kelishib oling yoki chatga yozing: yetkazishni boshqa kunga ko'chirib beramiz. Kuryer jo'natmani yetkazishga 3 martagacha bepul urinadi.
Batafsil
Ha. Jo'natma hali yo'lda bo'lsa, chatga yoki +998 71 200 96 69 raqamiga trek raqami va yangi manzilni yozing. Yangi manzil boshqa zonada bo'lsa, qo'shimcha haq olinishi mumkin.
Batafsil
EMU Express ayrim banklarning plastik kartalarini ham yetkazib beradi. Masalan, TBC Bank kartalari qabul qiluvchiga bepul yetkaziladi. Karta qachon kelishini trek raqami yoki telefon raqamingiz bo'yicha chatda bilib olishingiz mumkin.
Batafsil
Punktda naqd pul yoki karta bilan to'lashingiz mumkin. Kuryerga naqd pul, bank kartasi (terminal orqali), Click, Payme yoki QR-kod orqali to'lash mumkin.
Soliq chekini Telegram'dagi @emupostbot orqali, emu.uz saytida yoki chekdagi QR-kodni skanerlab olishingiz mumkin.
Ha. COD ("yetkazib berishda to'lov") xizmatida xaridor mahsulot pulini uni qo'liga olgan paytda kuryerga yoki punktda to'laydi, keyin EMU Express bu pulni sotuvchiga o'tkazib beradi. Xizmat sotuvchilar uchun shartnoma asosida ishlaydi.
Ha, buyurtmani qabul qilishdan voz kechishingiz mumkin. Bunday holatda jo'natma sotuvchiga qaytariladi. Buyurtmada bir nechta mahsulot bo'lsa, faqat keraklilarini olib, faqat ular uchun to'laysiz, qolganlari sotuvchiga qaytariladi (qisman yetkazib berish).
Agar sotuvchi bu xizmatni yoqqan bo'lsa, ha. Kiyib ko'rish markaziy punktlarda va sotuvchi bilan kelishuvga ko'ra kuryer orqali yetkazishda mumkin. Kiyim o'lchab ko'rish imkoni bor punktlar xaritada belgilangan.
Bu sotuvchi EMU Express bilan qanday kelishganiga bog'liq. Agar EMU sizdan yetkazish haqini so'rasa, uni to'lab, buyurtmani oling, oldin onlayn do'konga to'lagan pulingizni esa sotuvchidan qaytarib so'rang.
Yuridik shaxslar va YaTTlar bilan shartnoma asosida ishlaymiz. Kerakli hujjatlar: YaTT yoki MChJ guvohnomasi, STIR va bank rekvizitlari. Ulanish uchun +998 71 200 96 69 raqamiga qo'ng'iroq qiling yoki info@emu.uz ga yozing.
Ha. Buyurtmalaringiz kamida 5 ta manzilga jo'natilsa, kuryer ularni sizning manzilingizdan bepul olib ketadi. Belgilangan vaqtda rejali olib ketish ham mumkin.
Yo'q, minimal talab yo'q.
Ikki tarif bor. Standart tarifda pul haftada ikki marta, seshanba va juma kunlari o'tkaziladi, xizmat haqi 2%. Kunlik tarifda pul har bank ish kunida o'tkaziladi, xizmat haqi 3%. Pul sotuvchining bank hisob raqamiga o'tkaziladi (tariflar 20.11.2026 holatiga).
Qaytgan mahsulot omborga kelgandan keyin 2 kun ichida sizning manzilingizga yetkazib beriladi yoki jo'natma ro'yxatga olingan EMU ofisiga yuboriladi.
Ha. Jo'natmaning qiymatini e'lon qilsangiz, uning 1 foizi miqdorida sug'urta haqi olinadi. Masalan, 1 000 000 so'mlik jo'natma uchun 10 000 so'm. Minimal e'lon qilinadigan summa 500 000 so'm, minimal yig'im 5 000 so'm. Jo'natma yo'qolsa yoki shikastlansa, kompensatsiya e'lon qilingan qiymat asosida hisoblanadi (shartlar 20.11.2026 holatiga).
Tovarlarni qabul qilish va markirovka qilish bepul. Har bir buyurtmani yig'ish (komplektatsiya) 4 000 so'm turadi. Saqlash narxi omborda egallangan hajmga bog'liq: masalan, 1 kub metr tovarni 30 kun saqlash taxminan 300 000 so'm (kuniga 10 000 so'm). Mijozga yetkazish narxi alohida, zona va og'irlikka qarab hisoblanadi. Narxlarga QQS qo'shiladi (narxlar 15.09.2026 holatiga).
Avval trek raqami bo'yicha holatini tekshiring. Holat bir kundan ortiq o'zgarmasa, sayt chatiga yoki +998 71 200 96 69 raqamiga trek raqamingizni yuboring, operatorlarimiz jo'natma qayerdaligini aniqlab beradi.
Jo'natmani qabul qilishdan oldin kuryer yoki operator oldida ochib, tekshirib ko'ring. Uyga olib ketganingizdan keyin aniqlangan shikast uchun EMU Express javobgar bo'lmaydi. Bu qoida jo'natmani boshqa odam, masalan, taksi haydovchisi qabul qilib olgan holatda ham amal qiladi.
Shikast bo'lsa, uni joyida kuryer yoki operator guvohligida rasm yoki videoga oling. Keyin call-markazga (+998 71 200 96 69) yoki Sifat nazorati bo'limiga (+998 93 381 13 56) murojaat qiling. Da'vo faqat jo'natma punktda yoki kuryer guvohligida ochilib, shikast o'sha joyning o'zida qayd etilgan bo'lsa qabul qilinadi. Murojaatingiz 3 ish kuni ichida hal qilinadi.
Bu jo'natmaning qiymati e'lon qilingan yoki qilinmaganiga bog'liq:
Shuning uchun qimmatbaho buyumlarning qiymatini e'lon qilishni tavsiya qilamiz (shartlar 20.11.2026 holatiga).
Shikoyat va takliflar sahifasi orqali, +998 71 200 96 69 raqamiga qo'ng'iroq qilib yoki info@emu.uz ga yozib murojaat qilishingiz mumkin.
Batafsil
Kimdir sizning raqamingizga jo'natma yuborgan bo'lishi mumkin: masalan, onlayn do'kon, bank (plastik karta) yoki tanishingiz. SMS'dagi trek raqami bo'yicha jo'natuvchini bilib oling yoki trek raqamini chatga yuboring, aniqlab beramiz.
Batafsil
Yo'q, EMU Express kargo xizmatini ko'rsatmaydi va Xitoyda omborga ega emas. Xitoydagi internet-do'konlardan (masalan, Pinduoduo, Taobao) buyurtma qilish uchun manzil, ID kod va konsolidatsiya xizmatini Xitoyda ombori bor kargo kompaniyalari, masalan, iPost yoki Tez-tez taqdim etadi. Ularga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qiling.
Ha, 165 dan ortiq davlatga. Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston uchun maxsus pasaytirilgan tariflar bor. Jismoniy shaxsga yuboriladigan tovarlar uchun bojsiz limit oyiga 200 AQSh dollari, undan ortgan qismiga bojxona to'lovi olinadi (norma 20.11.2026 holatiga; bojxona normalari o'zgarib turadi).
Batafsil
Narx davlatning tarif zonasiga va og'irlikka bog'liq. Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistonga alohida kuryerlik xizmati bor. Misollar (2026-yil sentabr holatiga):
Hujjat sifatida 5 kg gacha jo'natma yuboriladi, undan og'iri posilka tarifida hisoblanadi. Shoshilinch yetkazish, og'ir yoki xavfli yuklar (masalan, Li-ion batareyalar) uchun narx oshadi, tejamkor yetkazishda esa kamayadi. Narxlarga bojxona rasmiylashtiruvi va boj to'lovlari kirmaydi. Urush yoki urushdan keyingi vaziyatdagi davlatlarga (hozirda, masalan, Afg'oniston, Suriya va Ukraina) pochta xizmati tiklanguncha jo'natma yuborib bo'lmaydi; bu ro'yxat o'zgarishi mumkin. Barcha davlatlarning zonasi va yetkazish muddati tarif kartasida berilgan.
Qo'llab-quvvatlash xizmati (call-markaz) haftada 7 kun ishlaydi: dushanbadan shanbagacha 08:00 dan 20:00 gacha, yakshanba kuni 08:00 dan 17:00 gacha. Telefon: +998 71 200 96 69, e-mail: info@emu.uz, Telegram: @emupostbot.
Batafsil
Ochiq vakansiyalar ro'yxati saytda. Kerakli vakansiyani tanlab, "Ariza topshirish" tugmasi orqali onlayn ariza qoldiring.
Batafsil
Qo'llab-quvvatlash xizmatiga yozing yoki qo'ng'iroq qiling — yordam beramiz.