Onlayn savdo uchun fulfilment xizmati narxlari

Agar siz Instagram, Telegram yoki onlayn do'kon orqali mahsulot sotsangiz, ehtimol sizga tanish bo'lgan holat bor: bu mahsulotni qayerda saqlash, qanday qadoqlash va qanday qilib mijozga vaqtida yetkazib berish muammosi. Aynan shu muammoni hal qilish uchun EMU Express fulfilment xizmatini taklif etadi. Ushbu maqola orqali fulfilment qanday xizmat, uning elementlari va narx siyosati bilan to’la tanishtiramiz. Fulfilment xizmati aslida nima? Fulfilment - bu elektron tijorat uchun mo'ljallangan kompleks yechim bo'lib, bu xizmat quyidagilarni o'z ichiga oladi: · Mahsulotlarni qabul qilish va hisobga olish; · Omborda saqlash (oddiy yoki maxsus harorat sharoitida); · Buyurtmalarni yig'ish va qadoqlash; · Markirovkalash va jo'natishga tayyorlash. Oddiy qilib aytganda, siz mahsulotingizni EMU Express omboriga topshirasiz va mijoz buyurtma bergan paytda, qolgan barcha ishlarni - qadoqlash, markirovka, jo'natish kabilarni - EMU Express o'z zimmasiga oladi. Siz onlayn tizim orqali faqat ombor holatini kuzatib borasiz va asosiy e’tiboringizni sotuv va reklamaga qaratasiz. Fulfilment xizmatining narxlari Masalan, tizimdagi haqiqiy buyurtma namunasida (0,5 kg, viloyatga “Uygacha” yetkazib berish): baza (yetkazib berish) narxi - taxminan 47 000 so'm, buyurtmani yig'ish (komplektatsiya) - 4 000 so'm, ustiga QQS ham qo'shiladi. Agar buyurtma ustama to'lov (nalojka) bilan yuborilsa, qabul qilingan summaning 2% miqdorida qo'shimcha komissiya olinadi. Shuningdek, saqlash narxi har kuni bir xil bo'lmasligi mumkin - buyurtmalar jo'natilib borgani sari ombordagi umumiy hajm kamayadi, shu sababli kunlik saqlash summasi ham shunga qarab o'zgarib turadi. Amaliy misol: fulfilment necha pulga tushadi? Aytaylik, sizda oyiga 100 ta buyurtma bor, har bir buyurtma 1 kg gacha va bitta mahsulotdan iborat. Bu holda taxminiy hisob-kitob quyidagicha bo'ladi: · Qabul qilish + markirovka: Bepul; · Buyurtma yaratish: 100 × 4 000 = 400 000 so'm; · Saqlash (agar mahsulotlaringiz umumiy 1 kub metrni egallasa, 30 kunlik): 30 × 10 000 = 300 000 so'm. Demak, jami taxminan 700 000 so'm/oyiga - bu o'zingiz alohida ombor ijaraga olish, xodim yollash va qadoqlash materiallarini sotib olishga qaraganda ancha tejamli. Yetkazib berish narxi alohida hisoblanadi Yuqoridagi jadvaldagi narxlar faqat ombor va qadoqlash xizmatlariga tegishli. Mahsulotni yakuniy mijozga yetkazib berish fulfilment narxlariga kirmaydi va alohida, standart tariflar (zona va vaznga qarab, “ofisgacha” va “uygacha” tariflari) asosida hisoblanadi. Umuman olganda, agar buyurtmada ustama to'lovli buyurtma bo'lmasa, bitta buyurtmaning to'liq xizmat narxi (fulfilment + yetkazib berish) - zonaga qarab - taxminan 55 000–60 000 so'm atrofida bo'lishi mumkin. Kimlar uchun foydali? · Instagram yoki Telegram orqali mahsulot sotuvchilar; · Kichik va o'rta onlayn do'konlar; · O'z ombori yoki qadoqlash jarayonini yo'lga qo'ymagan yangi boshlagan tadbirkorlar; · Mavsumiy talab ortishi sababli qo'shimcha ombor maydoniga muhtoj bo'lgan bizneslar. Nega o'zingiz emas, EMU Express orqali? O'z omboringizni yuritish ijaraga xona, xodimlar, qadoqlash materiallari, va eng muhimi - vaqt kabilarni talab qiladi. Fulfilment xizmati esa sizga faqat mahsulot va marketingga e'tibor qaratish imkonini beradi, qolgan operatsion ishlarni EMU Express bajaradi. Bundan tashqari, ombor hisobini onlayn kuzatib borish va jo'natmalarni real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati ham mavjud. ESLATMA: Maqolada keltirilgan barcha narxlar va tariflar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar 2026-yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra haqiqiy hisoblanadi. Eng so‘nggi va aniq tariflarni bilish uchun EMU Expressning hududiy operatorlariga murojaat qiling. QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN: Chet elga jo'natma - EMU Expressning xalqaro tariflarini tushunib olamiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish narxi qanday hisoblanadi? EMU Expressning qo'shimcha xizmatlari uchun narx tariflari tasnifi