O‘zbekiston bo‘ylab Yuk tashish xizmati: EMU Express logistika

Ofisni yangi binoga ko‘chiryapsizmi, kvartiradan mebel olib o‘tmoqchimisiz yoki zavoddan viloyatdagi omboringizga bir necha tonna mahsulot jo‘natishingiz kerakmi? EMU Express yuk tashish xizmati Toshkent shahri va viloyatlar ichida hamda viloyatlararo har qanday hajmdagi yukni manzilga yetkazadi. EMU Express parkida 560 kg yuk ko‘taradigan Van Damas’lardan 22 tonnalik yevrofuragacha 254 tadan ortiq transport vositasi mavjud. Demak, transport parkimizdan yukingizga aynan mos mashinani topish oson, ya’ni bo‘sh joy uchun ortiqcha pul to‘lamaysiz. EMU Express yuk tashish xizmati nimalarni o‘z ichiga oladi? · Shahar ichida yuk tashish. Toshkent va boshqa shaharlar ichida do‘kondan uyga, ombordan ofisga, ishlab chiqarish nuqtasidan savdo nuqtasigacha yetkazib berish. Kichik yuklar uchun Damas yoki Labo qulay yuk taksi sifatida buyurtma qilinishi, kattaroq yuklar uchun esa gruzovoy mashina chaqirilishi mumkin. · Viloyatlararo yuk tashish. Toshkentdan Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog‘istonga, shuningdek viloyatlardan Toshkentga yetkazish. · Viloyat ichida tashish. Viloyat markazi, tumanlar va aholi punktlari o‘rtasida yuk tashish. · Uy va ofis ko‘chirish. Kvartira, hovli yoki ofis anjomlarini yangi manzilga olib o‘tish. · Biznes va ishlab chiqarish yuklari. Xomashyo, tayyor mahsulot, paletli yuk, uskunalar va qurilish materiallari (qum, shag‘al, tosh kabi sochiluvchan materiallardan tashqari). Qaysi yuk uchun qanday mashina? Yuk tashishda eng ko‘p uchraydigan xato – mashinani yukning hajmiga emas, faqat og‘irligiga qarab tanlash. Mebel yengil, lekin ko‘p joy egallaydi; metall buyumlar esa kichik bo‘lsa ham og‘ir. Quyidagi jadvalda har bir mashinaning yuk ko‘tarish quvvati, hajmi va kuzov o‘lchamlari keltirilgan. Talabingizga ko‘ra transport parkimizdan sizga eng mos keladigan mashinani tanlab beramiz. Damas VAN (180 ta): 550 kg, 2,5 m³, kuzov 1,8×1,2×1,15 m – kichik yuklar, qutilar Chevrolet Labo (14 ta): 550 kg, ~3,5 m³, 2,2×1,3×1,3 m – uzun buyumlar, qurilish mollari Changan T30 (7 ta): 1–1,5 t, ~6–11 m³, 3,4×1,7×1,75 m – haroratga sezgir yuklar Mercedes Sprinter (15 ta): 2,5 t gacha, 13,4 m³, 4,3×1,78×1,94 m – kvartira ko‘chirish Isuzu 5 t (9 ta): 5 t, ~25–30 m³, 5×2,2×2,2 m – uy/ofis ko‘chirish, paletli yuk Isuzu 10 t (3 ta): 10 t, ~45–50 m³, 7,2×2,45×2,5 m – katta partiyalar Yevrofura (4 ta): 20–22 t, 82–92 m³, 13,6×2,45×2,8 m – viloyatlararo to‘liq yuklama Kichik yuklar uchun: Van Damas va Labo. Avtomobil parkimizda 150 dan ortiq Van Damas va Labo mashinalari mavjud. Shu sababli Toshkent bo‘ylab kichik yuklar uchun tezkor yechim topish imkoniyatimiz yuqori. Laboning yuk maydoni ochiq yoki tentli bo‘lgani uchun uzun va noqulay shakldagi yuklarni ham oson ortish mumkin. O‘rta hajm uchun: Sprinter va Changan. Mercedes Sprinter – 13,4 m³ hajmli uzaytirilgan furgon: odatda 1–2 xonali kvartira anjomlari yoki do‘kon uchun ulgurji mahsulotlar bir qatnovda sig‘adi. Changan T30 yopiq va izotermik kuzovli bo‘lgani uchun haroratga sezgir mahsulotlarni tashishga juda mos. Yirik yuklar uchun: Isuzu 5 va 10 tonna. Isuzu yuk tashish xizmatidan katta uy yoki ofis ko‘chirishda, ulgurji tovar va paletli yuklarni tashishda eng ko‘p foydalaniladi. 5 tonnalik Isuzu 25–30 m³, 10 tonnalik Isuzu esa 45–50 m³ yukni sig‘dira oladi. To‘liq yuklama uchun: yevrofura. Yevrofuraning 13,6 metrlik yarim tirkamasiga 20–22 tonna yoki 92 m³ gacha yuk sig‘adi. Bu taxminan 33 ta yevropalet (120×80 sm) demakdir. Yevrofura viloyatlararo katta partiyalarni bitta qatnovda yetkazish uchun eng tejamkor yechim hisoblanadi. Uy va ofis ko‘chirish Ko‘chishda to‘g‘ri tanlangan mashina vaqt va pulni tejaydi. Studiya yoki 1 xonali kvartira uchun Sprinter, 2–3 xonali kvartira yoki kichik ofis uchun 5 tonnalik Isuzu, katta ofis va omborlar uchun 10 tonnalik Isuzu eng mos yechimdir. Ko‘chishdan oldin mo‘rt buyumlarni alohida qadoqlash, mebellarni iloji boricha qismlarga ajratish tavsiya etiladi. Agar buyumlar katta qutilarga joylansa, qutilarni xona nomi bilan belgilab qo‘yish eng to‘g‘ri yo‘l. Yuklarni ortish va tushirish xizmatimiz tarkibiga kiradi, ammo mebellarni yig‘ish yoki qismlarga ajratishda yordam bera olmaymiz. Biznes va ishlab chiqarish uchun yuk tashish Ishlab chiqarish korxonalari, ulgurji savdo va internet-do‘konlar uchun EMU Express muntazam logistika xizmatlarini tashkil qiladi: zavoddan omborga, ombordan do‘konlarga va viloyatlardagi hamkorlargacha tashish ishlarini bizga ishonib topshirishingiz mumkin. Qatnovni bir martalik yoki doimiy grafik bo‘yicha rejalashtiramiz. · Paletli yuklar. Standart va plastik paletlarda mahsulot tashish. · Qadoqlash standartlari. Yuklarni shikastsiz yetkazish uchun qadoqlash bo‘yicha qo‘llanmamizda belgilangan tartibga amal qiling. · Logistika yechimlari – uchtasi birda. EMU Express’da kuryerlik yetkazib berish, fulfilment va yuk tashish xizmatlari bir joyda. Yetkazib berish uchun bir kompaniyani, saqlash yoki tashish uchun boshqasini qidirishingiz shart emas. Nega EMU Express? · 10 yillik tajriba. Kompaniya O‘zbekiston bo‘ylab ekspress yetkazib berish va logistika sohasida 2016-yildan beri ishlab kelmoqda. · 254 dan ortiq mashina, 10 xil rusum. 560 kg dan 22 tonnagacha yuklar uchun mos mashinalar. · O‘zbekiston hududlari bo‘ylab. 22 ta filial va 220 dan ortiq qabul punkti. · Sifat standarti. Kompaniya ISO 9001:2015 sertifikatiga ega. · Oson buyurtma. Sayt, mobil ilova yoki telefon orqali buyurtma berish mumkin. Qanday buyurtma berish mumkin? 1. Saytdagi buyurtma sahifasi orqali ariza qoldiring yoki +998 71 200 96 69 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. 2. Yuk turi, taxminiy vazni va hajmini, yuklash va tushirish manzillarini ayting. 3. Operator mos mashinani tanlaydi va narxni siz bilan kelishib oladi. 4. Mashina siz ko‘rsatgan vaqtda manzilga keladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa uchun: · +998 95 198 96 69 – Admin 1; · +998 33 430 01 10 – Admin 2; · +998 94 199 58 56 – Admin 3; Yuk tashish narxi nimaga bog‘liq? Narx mashina turiga, masofaga (shahar ichida yoki viloyatlararo), yuk vazni va hajmiga, kutish vaqtiga hamda qo‘shimcha xizmatlar turi va hajmiga bog‘liq. Aniq narxni operator yoki admin yuk haqidagi ma’lumotlar asosida hisoblab beradi. Ko‘p beriladigan savollar Toshkent bo‘ylab yuk taksi chaqirsa bo‘ladimi? Ha. Kichik yuklar uchun Damas yoki Labo, kattaroq yuklar uchun Sprinter yoki Isuzu yuboriladi. Viloyatlarga yuk qancha vaqtda yetib boradi? Masofaga bog‘liq: Toshkentdan ko‘pchilik viloyat markazlariga yuk odatda 1–3 kunda yetkaziladi. Kvartira ko‘chirish uchun qaysi mashina kerak? 1 xonali kvartira uchun odatda Sprinter, 2–3 xonali kvartira uchun 5 tonnalik Isuzu yetarli. 5 tonnalik Isuzu’ga qancha yuk sig‘adi? 5 tonnagacha yoki 25–30 m³, kuzov o‘lchami 5 × 2,2 × 2,2 m. Yuklarni ortish va tushirishda yordam berasizlarmi? Ha, ortish va tushirish xizmatimiz tarkibiga kiradi. Mebellarni yig‘ish va qismlarga ajratish xizmati ko‘rsatilmaydi. Toshkentda yoki viloyatlarga yuk tashish kerakmi? Qo‘ng‘iroq qiling: +998 71 200 96 69 yoki onlayn buyurtma bering.