Chet eldan O‘zbekistonga jo‘natma: EMU Express orqali qanday buyurtma beriladi?

Qarindoshingiz Germaniya, AQSh, Turkiya yoki Rossiyada yashaydi va sizga kiyim-kechak, sovg‘a yoki hujjat yubormoqchimi? Yoki o‘zingiz chet eldasiz va O‘zbekistonga jo‘natma yubormoqchisiz? EMU Express o‘zining xalqaro pochta xizmati orqali chet eldan O‘zbekistonga jo‘natmangizni yetkazib berishda yordamlashadi. Siz murojaat qilasiz; hujjatlar, kuryer va xalqaro yetkazib berishni EMU Express amalga oshiradi. Xizmat qanday ishlaydi: 5 qadam 1. Murojaat (zayavka) qoldirasiz: jo‘natuvchi, qabul qiluvchi va yuk haqida ma’lumot yuborasiz. 2. Narx va muddatni aniqlaymiz: biz jo‘natma narxini hisoblab, sizga ma’lum qilamiz. 3. Rozilik bildirasiz: murojaat (zayavka) rasmiylashtiriladi, invoys va nakladnoyni biz tayyorlaymiz. 4. Kuryer jo‘natmani olib ketadi: kuryer jo‘natuvchining chet eldagi manzilidan jo‘natmani olib ketadi. 5. Jo‘natma O‘zbekistonga yetib keladi: o‘rtacha 6–9 ish kunida. 1. Murojaat (zayavka) qoldirish: qanday ma’lumotlar kerak? Xalqaro pochta xizmatidan foydalanish uchun bizga jo‘natma haqida quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi: · jo‘natuvchining ism-familiyasi; · jo‘natuvchining chet eldagi manzili va telefon raqami; · qabul qiluvchining ism-familiyasi; · qabul qiluvchining O‘zbekistondagi manzili va telefon raqami; · jo‘natiladigan mahsulot nomi; · mahsulotning taxminiy vazni va o‘lchamlari (agar ma’lum bo‘lsa). Shu ma’lumotlar asosida xalqaro pochta xizmati narxlari hisoblanadi: sizga yetkazib berish narxi va taxminiy muddati aytiladi. Narx ma’qul bo‘lsa, murojaat (zayavka) rasmiylashtiriladi. Murojaat (zayavka) namunasi (nusxa olib, o‘z ma’lumotlaringiz bilan to‘ldiring): Jo‘natuvchi: Aziz Karimov, Berlin, Germaniya, +49 123456789 Qabul qiluvchi: Dilnoza Karimova, Toshkent, Chilonzor tumani, +998 123456789 Mahsulot: oyoq kiyim, 2 juft Taxminiy vazn va o‘lcham: 3 kg, 40×30×20 sm Murojaatni (zayavka) +998 93 381 28 07 raqamiga Telegram (@MurodXalqaro) yoki WhatsApp orqali yozib qoldirishingiz mumkin. Murojaatni kompaniyaning rasmiy elektron manzili info@emu.uz ga ham yuborishingiz mumkin. 2. Hujjatlarni EMU Express rasmiylashtiradi, kuryer o‘zi keladi Ko‘plab xalqaro kuryerlik kompaniyalarida jo‘natuvchi invoys va nakladnoyni o‘zi, ko‘pincha chet tilida to‘ldirishi kerak bo‘ladi. EMU Express xizmatining asosiy qulayliklaridan biri – mijozga hujjatlarni mustaqil tayyorlash majburiyati yuklanmaydi. Siz ma’lumotlarni berasiz, qolganini biz bajaramiz: · invoys tayyorlaymiz; · nakladnoy rasmiylashtiramiz; · jo‘natma ma’lumotlarini tizimga kiritamiz; · kuryer chaqiramiz va jo‘natmani topshirishga tayyorlaymiz. Kuryer odatda murojaat (zayavka) rasmiylashtirilgan kunning ertasiga, MDH davlatlarida esa ko‘p hollarda shu kunning o‘zida keladi. Jo‘natuvchi faqat tayyor jo‘natmani kuryerga topshiradi. 3. Xalqaro hamkorlarimiz Chet eldan jo‘natmalar EMU Expressning xalqaro hamkorlari tarmog‘i orqali qabul qilinadi va O‘zbekistonga olib kelinadi. Asosiy hamkorlarimizdan biri – xalqaro logistika kompaniyasi Aramex. Jo‘natmani qabul qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va hamkor orqali jo‘natish belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. 4. Nega aynan EMU Express? · Qulay narx. EMU Express arzon va raqobatbardosh narx taklif qiladi. · Hujjatlar bilan ovora bo‘lmaysiz. Sizdan faqat jo‘natma va qabul qiluvchi haqidagi ma’lumotlar talab qilinadi. · Kuryer manzilingizga keladi. Jo‘natma tayyor bo‘lgach, kuryer o‘zi keladi va jo‘natma unga jo‘natuvchi manzilida topshiriladi. · Vaqtingiz tejaladi. Hujjat tayyorlash va kuryer qidirish bilan vaqt sarflamaysiz. · O‘zbek tilida maslahat. Barcha savollar bo‘yicha operatorlarimiz o‘zbek, rus va ingliz tillarida yordam beradi. 5. To‘lov qanday amalga oshiriladi? Xalqaro tashish xizmati uchun to‘lov EMU Express’ga onlayn amalga oshiriladi. To‘lovdan so‘ng mijoz o‘z jo‘natmasini EMU Express hamkori yuboradigan kuryerga topshirishi yoki hamkorning mos punktlaridan biriga shaxsan o‘zi topshirishi mumkin. Agar jo‘natma Qozog‘istondan O‘zbekistonga yuborilayotgan bo‘lsa, jo‘natuvchi Exline kompaniyasining Qozog‘istondagi punktlaridan biriga borib, jo‘natmasini topshirishi va xizmat uchun to‘lovni o‘sha punktning o‘zida amalga oshirishi mumkin. 6. Yetkazib berish muddati Xalqaro jo‘natmalar O‘zbekistonga o‘rtacha 6–9 ish kunida yetib keladi. Bu muddat taxminiy bo‘lib, jo‘natma qaysi davlatdan yuborilgani, bojxona rasmiylashtiruvi va boshqa logistik holatlarga qarab o‘zgarishi mumkin. 7. Bojxona: nimani bilish kerak? Jismoniy shaxs nomiga kelgan xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun tijorat maqsadida bo‘lmagan, oyiga 200 AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar bojxona to‘lovlarisiz olib kiriladi. Bu me’yordan oshgan qism uchun joriy vaqtda 30%, 2027-yil 1-yanvardan esa 20% yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Bundan tashqari, xalqaro kuryerlik jo‘natmasini rasmiylashtirish uchun har kilogramm uchun 2026-yil 1-noyabrdan 7 040 so‘m yig‘im olinadi. Batafsil: Chet eldan mahsulot buyurtma qilsam, boj tartibi qanday? Qoidalar vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, shuning uchun qimmatroq yuk jo‘natishdan oldin operatorimizdan aniqlashtiring: +998 93 381 28 07 (Telegram @MurodXalqaro yoki WhatsApp). Ko‘p beriladigan savollar Chet eldan jo‘natma O‘zbekistonga necha kunda keladi? O‘rtacha 6–9 ish kunida. Muddat jo‘natma qaysi davlatdan kelishiga va bojxona rasmiylashtiruviga bog‘liq. Invoys va nakladnoyni o‘zim to‘ldirishim kerakmi? Yo‘q. Siz faqat ma’lumotlarni taqdim etasiz, hujjatlarni EMU Express tayyorlaydi. Amazon yoki Taobaodan xarid qilib bera olasizlarmi? Biz mijoz o‘rniga xarid qilmaymiz va to‘lov qilmaymiz. Mahsulotni o‘zingiz xarid qilib, hamkorimiz filialiga yetkazasiz, O‘zbekistonga olib kelishni esa biz tashkil qilamiz. Kuryer qachon keladi? Odatda murojaat (zayavka) rasmiylashtirilganning ertasiga, MDH davlatlarida ko‘p hollarda shu kunning o‘zida. Qaysi davlatlardan jo‘natish mumkin? Hozirgi vaqtda siyosiy vaziyat tufayli notinch bo‘lgan davlatlardan tashqari, dunyoning 165 ta davlatidan jo‘natmalarni O‘zbekistonga yetkazib berish mumkin. Nimalarni jo‘natib bo‘lmaydi? Xalqaro tashishlarda naqd pul, qurol, giyohvand moddalar, tez buziladigan mahsulotlar, suyuqlik va batareyalar bo‘yicha taqiqlar yoki cheklovlar mavjud. Batafsil: Pochta orqali nimalarni yuborish taqiqlangan? Jo‘natmamni qanday kuzatsam bo‘ladi? Xalqaro jo‘natmani EMU Express trekking sahifasida trek-raqam orqali kuzatish mumkin. Zarur hollarda EMU Express operatorlaridan +998 93 381 28 07 (Telegram @Murod_Xalqaro yoki WhatsApp) yordam olishingiz mumkin.