Jo'natmani trek raqami bo'yicha qanday tekshirish mumkin?

Jo'natma yuborgan yoki onlayn buyurtma bergan har bir mijoz «Jo'natmam hozir qayerda?» degan savolni beradi. Bu maqolada pochtani kuzatish qanday ishlashini, trek raqamini qayerdan topish mumkinligini va EMU Express jo'natmalarini veb-sayt, mobil ilova hamda Telegram orqali qanday kuzatish mumkinligini bosqichma-bosqich tushuntiramiz. Trek raqami nima va uni qayerdan topish mumkin? Trek raqami (tracking number) – har bir jo'natmaga beriladigan individual identifikatsion raqam. Aynan shu raqam orqali mijoz o'z jo'natmasi qayerga yetib kelganini bilishi va uni yo'l bo'ylab kuzatib turishi mumkin. Jo'natmangizni qaysi pochta xizmati orqali yuborganingizdan qat'i nazar, avvalo uning trek raqamini bilishingiz lozim. Trek raqamini quyidagi yo'llar orqali topishingiz mumkin: · jo'natmani qabul qilishda operator yoki kuryer sizga bergan kvitansiya orqali; · SMS-bildirishnoma orqali (jo'natma rasmiylashtirilgach, trek raqami telefoningizga keladi); · shaxsiy kabinetdagi buyurtmalar ro'yxati orqali; · onlayn do'kondan berilgan buyurtmalar bo'yicha bevosita sotuvchidan so'rash orqali. Trek raqamini bilib olganingizdan so'ng, quyidagi usullarning istalgan biri orqali jo'natmangizni kuzatishingiz mumkin. EMU Express veb-sayti orqali pochtani kuzatish Eng tez va oson usul – kompaniyaning korporativ sayti orqali jo'natmani kuzatish. Buning uchun veb-saytda ro'yxatdan o'tish shart emas. 1. emu.uz/uz/tracking sahifasini oching; 2. Trek raqamini bo'sh joylarsiz va to'liq kiriting; 3. «Kuzatishni boshlash» tugmasini bosing – jo'natmaning joriy holati va o'tgan bosqichlari ko'rsatiladi. Holat odatda kuniga bir necha marta, jo'natma saralash markazi yoki filialdan o'tganda yangilanadi. Bir necha soat davomida o'zgarish bo'lmasa, bu jo'natma yo'lda ekanini bildiradi. Jo'natma holatlari nimani anglatadi? Kuzatish sahifasidagi «Harakat tarixi» jadvalida jo'natma odatda Saralanmoqda, Yuborildi, Omborda, Tayyorlanmoqda, Olishga tayyor, Omborga qaytdi, Yetkazildi kabi statuslar bo'lishi mumkin. Jo'natma bir necha filialdan o'tsa, Saralanmoqda va Yuborildi holatlari bir necha marta takrorlanadi – bu odatiy hol. Toshkent ichidagi jo'natmalar odatda 1 kunda, viloyatlarga esa 1–3 kunda yetib boradi. EMU Express mobil ilovasi orqali Tez-tez jo'natma yuborsangiz yoki qabul qilsangiz, mobil ilova siz uchun qulayroq, chunki unda barcha buyurtmalaringiz bir joyda saqlanadi. 1. «EMU Express» ilovasini App Store yoki Google Playdan yuklab oling; 2. Telefon raqamingiz orqali tezkor ro'yxatdan o'ting va tizimga kiring; 3. Ilovaning kuzatish bo'limiga trek raqamini kiriting yoki buyurtmalar ro'yxatidan kerakli jo'natmani tanlang. Telegram orqali Agar veb-sayt yoki ilova orqali kuzatish siz uchun biroz murakkab tuyulsa, jo'natmangizni O'zbekistonda eng ommabop messenjer – Telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun @emupostbot Telegram botiga o'ting va botning «Jo'natmalar» bo'limida yuklaringizni kuzating. Kerakli jo'natmani qidiruv qatoriga trek raqamini kiritib yoki shtrix kodni skanerlab ham topishingiz mumkin. Trek raqami topilmasa yoki holat yangilanmasa nima qilish kerak? · Yangi jo'natma. Rasmiylashtirilgandan keyin raqam tizimda paydo bo'lishi uchun bir necha soat kerak bo'lishi mumkin. · Raqam xato kiritilgan. Raqamni bo'sh joylarsiz, barcha harf va raqamlari bilan qayta tekshiring. · Uzoq vaqt o'zgarish yo'q. Agar holat bir kundan ortiq yangilanmasa, +998 71 200 96 69 raqamiga qo'ng'iroq qiling. Xalqaro jo'natmalarni kuzatish Chet elga yuborilgan yoki xorijdan kelayotgan jo'natmalar ham emu.uz/uz/tracking havolasi orqali tekshiriladi. Jo'natma xorijiy pochta operatoriga topshirilgach, holat o'sha operator ma'lumotlari asosida yangilanadi. Xalqaro saytlarda bu xizmat odatda «delivery tracking» yoki «check tracking number», kuryerlik kompaniyalarida esa «courier tracking number» deb ataladi. Ko'p so'raladigan savollar Jo'natmani tekshirish uchun nima kerak? Pochta tekshirish uchun faqat trek raqami kerak. Uni kvitansiya, SMS yoki shaxsiy kabinetdan olasiz. Trek raqamisiz pochta qidirish mumkinmi? Trek raqamisiz pochta qidirish qiyin. Bunday holatda jo'natuvchidan trek raqamini so'rang yoki +998 71 200 96 69 raqamiga qo'ng'iroq qiling: operatorga jo'natma tafsilotlarini (yuborilgan sana, jo'natuvchi va qabul qiluvchi ma'lumotlari) ayting va trek raqamini aniqlab oling. Boshqa pochta kompaniyasining trek raqamini EMU saytida tekshirsa bo'ladimi? Yo'q. EMU Express saytida faqat EMU Express orqali yuborilgan jo'natmalar kuzatiladi. Pochtani kuzatish pullikmi? Yo’q, pochtani kuzatish veb-sayt, ilova va Telegram bot orqali bepul.