EMU Express'da COD: mahsulot puli qanday va qachon qaytadi?

COD (cash on delivery, ya'ni "yetkazib berishda to'lov") - bu xaridor mahsulot pulini uni qo'liga olgan paytda to'laydigan xizmat. Pulni EMU Express kuryeri qabul qiladi, keyin u sotuvchiga o'tkazib beriladi. Xizmat haqi yig'ilgan summaning tarif shartlariga ko'ra 2 yoki 3 foizini tashkil etadi. Onlayn do'konlar uchun COD xizmati xaridorlar ishonchini oshiradi: xaridorlar odatda mahsulotni ko'rmasdan oldindan pul to'lashni istamaydi. Onlayn sotuvchi esa naqd pulni uzoq hududlarda o'zi yig'a olmaydi. EMU Express esa bu ishni O'zbekistonning barcha 14 hududida, 220 dan ortiq qabul qilish va topshirish punktlari orqali bajaradi. COD qanday ishlaydi? 1. Sotuvchi jo'natmani EMU Express'ga topshiradi va xaridordan olinadigan summani ko'rsatadi. 2. Kuryer mahsulotni xaridorga yetkazadi va buyurtmada ko'rsatilgan summani qabul qiladi. 3. EMU Express yig'ilgan summadan xizmat haqini ushlab qoladi. 4. Qolgan pul sotuvchiga tanlangan tarif bo'yicha o'tkazib beriladi. Bitta jo'natma uchun COD summasi cheklanmagan. Xizmat haqi va pul o'tkazish tarifi jadvali Pul sotuvchiga (onlayn do'kon egasiga) haftada ikki marta - seshanba va juma kunlari o'tkaziladi va xizmat haqi 2 foiz. Agar onlayn do'kon egasi pulni har bank ish kunida olishni xohlasa, unda xizmat haqi 3 foiz bo'ladi. • Xizmat haqi qaysi summadan hisoblanadi: buyurtmada ko'rsatilgan summadan. • Qaysi pul o'tkaziladi: o'tkazish kuni soat 10:00 gacha yig'ilgan pul shu kuni soat 11:00 dan keyin sotuvchiga o'tkaziladi. • O'tkazish kuni bayram yoki dam olish kuniga to'g'ri kelsa: pul keyingi ish kunida o'tkaziladi. • Tarifni o'zgartirish: tomonlarning qo'shimcha kelishuvi asosida. Pul qayerga o'tkaziladi? Pul sotuvchining bank hisob raqamiga o'tkaziladi. • Bank o'tkazmasi uchun qo'shimcha haq mavjud emas; u 2% yoki 3% xizmat haqiga kiritilgan. • Pul hisobga tushish muddati: o'tkazilgan kunning o'zida. Xaridor qanday to'lashi mumkin? Kuryerga to'lov usullari: naqd pul, bank kartasi (terminal orqali), Click, Payme va QR-kod. COD hisoboti EMU Express ilovasidagi biznes kabinetda jo'natmalar, nakleykalar, Excel va moliya aktlari bo'limlari bor. Qaysi buyurtma uchun qancha pul tushganini shu yerda kuzatish mumkin. Kompyuterdan ishlash qulayroq bo'lsa, my.emu.uz shaxsiy kabinetidan foydalanish mumkin. COD hisobotida buyurtma raqami, summa, ushlangan xizmat haqi va o'tkazma sanasi ko'rsatiladi. Onlayn do'kon egasi hisobotni Excel'ga yuklab olishi mumkin. Har bir jo'natmaning holatini trek-raqami bo'yicha emu.uz saytida ham kuzatish mumkin. Xaridor mahsulotni qabul qilmasa nima bo'ladi? Agar buyurtmada bir nechta (odatda turli rang va o'lchamlarda) mahsulot bo'lsa, xaridor ularning bir qismini olishi mumkin: tanlanmagan mahsulotlar sotuvchiga qaytariladi. Bu qisman yetkazib berish xizmati deyiladi. • Rad etilgan jo'natmani qaytarish bepul. Qisman yetkazishda qaytarilgan mahsulotlar uchun ham haq olinmaydi. • Rad etilgan buyurtma uchun COD xizmat haqi olinmaydi. • Qisman yetkazishda COD xizmat haqi faqat xaridor olgan mahsulotlar summasidan hisoblanadi. Namuna: X sotuvchi mijozning natijalari EMU Express filiallarida COD buyurtmalarni yetkazish ko'rsatkichi yildan-yilga o'sib bormoqda. Buni COD bilan ishlaydigan sotuvchi mijozlarimizdan birining natijalarida ko'rish mumkin (mijoz nomi tijorat siri sifatida ko'rsatilmagan va X bilan belgilangan). 2025 yilda mijozning COD buyurtmalarining 83 foizi xaridorga yetkazilgan bo'lsa, 2026 yilda bu ko'rsatkich 86 foizga yetdi. • Pasayish yo'q. 22 terminaldan (ombor va saralash markazlari) 18 tasida ko'rsatkichlar oshgan, qolgan 4 tasida (Urganch, Qo'qon, Kattaqo'rg'on, Chirchiq) natijalar avvalgi darajada saqlanib qolgan. • Eng katta o'sish: Buxoro (80% → 86%) va Jizzax (77% → 83%), har birida +6 foiz punkt. • O'rtacha o'sish: Toshkent, Farg'ona, Denov va Ohangaronda +5 foiz punkt. • Eng yuqori natija: G'ijduvon, Nukus va Urganch - 89%. • Eng past ko'rsatkichli filialda ham o'sish bor: Zarafshonda natijalar 69% dan 72% ga ko'tarilgan. Odatda, COD buyurtmalarining 100 tadan o'rtacha 80 tasi xaridorlarga muvaffaqiyatli yetkaziladi, 20 tasi esa xaridorlarga bog'liq turli sabablar bilan (ularning qaroriga ko'ra) qaytariladi. Qaysi jadval sizga mos? • Standart (2%) - xizmat haqi pastroq bo'lgani uchun aksariyat sotuvchilarga mos keladi. Pul haftada ikki marta — seshanba va juma kunlari o'tkaziladi, bu esa sotuvchiga aylanma mablag'ini oldindan rejalashtirish imkonini beradi. • Kunlik (3%) - yangi mahsulot xarid qilish uchun mablag' tez kerak bo'lgan, savdolari jadal sotuvchilar uchun juda qulay. Sotuvchi qo'shimcha 1 foiz evaziga mahsulotlari sotuvidan tushgan pulni seshanba yoki jumani kutmasdan oladi. COD'ni qanday ulash mumkin? COD xizmati shartnoma asosida ulanadi. Ulanish va o'zingizga qulay jadvalni tanlash uchun EMU Express'ga murojaat qiling: +998 71 200 96 69 yoki info@emu.uz. Yaqin atrofdagi punktni manzillar sahifasidan topishingiz mumkin. Kerakli hujjatlar: YaTT yoki MChJ guvohnomasi, STIR va bank rekvizitlari. Shartnoma namunasi: emu.uz/uz/contract
