EMU Expressning qo'shimcha xizmatlari uchun narx tariflari tasnifi

Oddiy yetkazib berish tarifidan tashqari, EMU Express jo'natmangizni yanada xavfsiz, tezkor va yuqori nazoratda ushlash uchun bir qancha qo'shimcha xizmatlarni taklif etadi. Bu maqolada har bir qo’shimcha xizmat turi nima uchun kerakligini va uning narxlanishi ma’lumotlarini ko'rib chiqamiz. E'lon qilingan qiymat - eng muhim himoya vositasi Agar jo'natmangiz qimmatbaho buyum bo'lsa (masalan, elektronika, zargarlik buyumlari yoki hujjatlar), siz aziz mijozga uning qiymatini e'lon qilish tavsiya etiladi. Bu xizmat narxi e'lon qilingan qiymatning atigi 1 foizini tashkil etadi (eng kam yig'im - 5 000 so'm). Nima uchun bu muhim? Chunki agar jo'natma yo'l davomida yo'qolsa yoki shikastlansa, kompensatsiya aynan shu e'lon qilingan qiymatga asoslanadi va ikki barobar qiymatda qoplab beriladi. Qiymatni e'lon qilmasangiz, kompensatsiya ancha kichikroq ya’ni faqat yetkazib berish xizmati narxining ikki miqdorida bo'ladi. Boshqa foydali qo'shimcha xizmatlar Quyida eng ko'p so'raladigan xizmatlar va ularning narxlari tavsiflaymiz: · Avia yetkazish - faqat Nukus–Urganch–Toshkent yo'nalishida mavjud, narxi oddiy tarif + tarifning 50% qo'shimchasi; · Kuryer chaqirtirish - uyingizdan jo'natmani olib ketish uchun 25 000 so'm (3 kg gacha), keyingi har kilogramm uchun 2 000 so'm qo'shiladi. Ammo, agar kuryerni bizning mobil ilovamiz orqali chaqirsangiz, bu xizmat siz uchun mutlaqo bepul; · SMS xabarnoma - jo'natuvchi yoki qabul qiluvchiga holat haqida xabar 2 000 so'm (ba'zi hollarda bepul); · Yetkazilganini tasdiqlash - jo'natmangiz qabul qiluvchiga aynan yetganini rasmiy tasdiqlash 50 000 so'm; · Foto hisobot - jo'natma holatini rasmda ko'rish imkoniyati 3 000 so'm (shartnoma asosida); · Mahsulotni tavsiya qilish - kuryerlar orqali mijozlarga mahsulot tavsiya etish xizmati 2 000–2 500 so'm; · Kutish xizmati - agar kuryer manzilda kutishga majbur bo'lsa, 10 daqiqadan keyin har 5 daqiqa uchun 5 000 so'm. Yuk ko'tarish va tushirish xizmatlari Og'ir yuklar bilan ishlayotgan bo'lsangiz, quyidagi narxlarni bilish siz uchun foydali: · 30 kg gacha yuklash/tushirish - bepul; · 30–100 kg - 70 000 so'm/dona (yuklash), 60 000 so'm/dona (tushirish); · 100 kg dan yuqori - mos ravishda 500 so'm/kg (yuklash) va 400 so'm/kg (tushirish); · Yetkazib berish vaqtini oldindan kelishish (masalan, aniq soat 11:00 ga) - tarif + 30%; · Ish vaqtidan tashqari yetkazib berish (18:00–20:00) - tarif + 20%. To'g'ri qadoqlash - bu nega ahamiyatli? Yaxshi qadoqlangan jo'natma shikastlanish xavfidan himoyalanadi. Ayni maqsadni ko'zlagan holda, EMU Express turli o'lchamdagi tara va paketlarni taklif etadi: Masalan, kichik buyumlar uchun J yoki F o'lchamdagi quti (2 000 so'm) yetarli bo'lsa, kattaroq mahsulotlar uchun L yoki XL taralar (3 000–5 000 so'm) tavsiya etiladi. Qo'shimcha himoya uchun streych plyonka (1 000 so'm/metr) yoki puzir (havochali) plyonka ham mavjud. Muhim eslatma: agar jo'natmangizni yuqori qavatga olib chiqish kerak bo'lsa, 2-qavatgacha bepul, undan yuqori har bir qavat uchun 2 000 so'm qo'shimcha to'lov olinadi (5 kg gacha bo'lgan yuklar uchun). Xulosa: qaysi xizmatlarni tanlash kerak? · Qimmatbaho jo'natma yuborayotgan bo'lsangiz - e'lon qilingan qiymat xizmatidan albatta foydalaning; · Uyingizdan chiqmasdan jo'natish kerak bo'lsa - kuryer chaqirtirishni buyurtma qiling; · Biznes uchun muntazam jo'natma yuborsangiz - mos tara va qadoqlash materiallarini oldindan hisoblab qo'ying, bu umumiy xarajatingizni aniqroq rejalashtirishga yordam beradi. ESLATMA: Maqolada keltirilgan barcha narxlar va tariflar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar 2026-yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra haqiqiy hisoblanadi. Eng so‘nggi va aniq tariflarni bilish uchun EMU Expressning hududiy operatorlariga murojaat qiling. QO'SHIMCHA O'QISH UCHUN: Chet elga jo'natma - EMU Expressning xalqaro tariflarini tushunib olamiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish narxi qanday hisoblanadi?