Xodimlarimiz uchun Samarqandga unutilmas sayohat

Kompaniyamiz Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning madaniy dunyoqarashini boyitish hamda mamlakatimizda ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand shahriga maxsus madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Ushbu sayohat nafaqat xodimlarimizning ishdan tashqari vaqtda maroqli hordiq chiqarishlariga, balki ko‘p asrlik boy tariximiz va madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishib, o‘zaro jipslashishlariga ham xizmat qildi.
Muqaddas qadamjolar va ma’naviy yuksalish
Sayohat dasturi xalqimiz ardoqlaydigan muqaddas ziyoratgohlardan boshlandi.
- Shohi Zinda yodgorlik majmuasi*
- Hazrat Xizr masjidi va Birinchi Prezidentimiz maqbarasi*
- Imom al-Buxoriy majmuasi*
Buyuk tarix va me’morchilik durdonalari
Samarqand nafaqat ziyoratgohlari, balki dunyoga mashhur tarixiy obidalari bilan ham mashhur.
Sayohat davomida xodimlarimiz quyidagi maskanlarga tashrif buyurdilar:
- Registon maydoni
- Amir Temur maqbarasi (Go‘ri Amir)
- Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi
Jamoaviy ruh va ichki turizm rivoji
Kompaniyamiz rahbariyati va Kasaba uyushmasi xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning madaniy hordiq chiqarishlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratadi.
Mazkur loyiha "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" ichki turizm dasturi doirasida amalga oshirildi. Sayohat davomida tashkil etilgan uchrashuvlar, tushliklar va madaniy tadbirlar jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.