EMU ExLine kompaniyasini sotib oldi va Qozog‘iston bozoriga kirishini e’lon qiladi!

EMU kompaniyasi Qozog‘istondagi yetakchi kuryerlik va logistika operatorlaridan biri — ExLine kompaniyasini sotib olganini rasman e’lon qiladi.
2003-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ExLine Qozog‘iston bo‘ylab pochta jo‘natmalari, hujjatlar va yuklarni yetkazib berish, shuningdek xalqaro logistika xizmatlarini taqdim etadi. Kompaniya ekspress va standart yetkazib berish, hamda “eshikdan eshikkacha” xizmatlari orqali bozorda mustahkam o‘rin egallagan.
Mazkur bitim EMU kompaniyasining xalqaro rivojlanish strategiyasidagi muhim bosqich bo‘lib, Qozog‘iston bozorida faoliyatni kengaytirish va Markaziy Osiyo bo‘ylab yagona logistika ekotizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
ExLine va EMU Express infratuzilmalarini integratsiya qilish orqali yetkazib berish tezligini oshirish, operatsion samaradorlikni kuchaytirish hamda mijozlarga yanada yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish rejalashtirilgan.