EMU Express xodimlari uchun o'quv seminari o'tkazildi

2026-yil 17-oktyabr kuni Buxoro shahrida “EXPRESS MAIL UNIVERSAL” (EMU Express) kompaniyasi xodimlari uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlarda Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi Buxoro, Gʻijduvon, Zarafshon va Navoiy filiallari xodimlari ishtirok etdi. Seminarning birinchi qismida ishtirokchilar kompaniya haqidagi umumiy maʼlumotlar bilan tanishdilar. Kompaniya mijozlarga koʻrsatayotgan xizmatlar: ichki kuryerlik, xalqaro joʻnatmalar, ustama toʻlovli (COD) yetkazib berish, yuk tashish va fulfilment xodimlarga yana bir bor batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mijozlarga qulaylik yaratayotgan raqamli yechimlar ham taqdim etildi. Bular my.emu.uz veb-sayti, EMU Express mobil ilovasi, Telegram-bot hamda brend uslubida yangilangan emu.uz sayti imkoniyatlaridir. Ikkinchi qism zamonaviy marketing va uni korxona faoliyatida qoʻllashga bagʻishlandi. Ishtirokchilarga brend imiji nima ekani, u qanday shakllantirilishi va har bir xodim kompaniya obroʻsiga qanday hissa qoʻshishi mumkinligi tushuntirildi. Uchinchi qismda joʻnatmalarni yetkazib berish koʻrsatkichlari hududlar kesimida tahlil qilindi va kuryerlar ish samaradorligini oshirish yoʻllari muhokama etildi. Bundan tashqari, xodimlarni yangi mijozlar jalb qilishga ragʻbatlantiruvchi KPI tizimi taqdim etildi. Mashgʻulotlar soat 09:30 dan 15:00 gacha davom etdi. Maʼruzalarni kompaniya mutaxassislari olib bordi, yakunda savol-javob boʻlib oʻtdi. Kompaniya rahbariyati bunday seminarlar barcha filiallarda xizmat koʻrsatish standartlarini bir xil darajaga olib chiqishini taʼkidladi. Bu, oʻz navbatida, yetkazib berish tezligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi. Keyingi bosqichda seminarlar boshqa hududlar xodimlari uchun ham davom ettiriladi.