EMU Express 2026-yil 2-choragining eng yaxshi xodimlarini taqdirladi

EMU Express kompaniyasida 2026-yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha uchta nominatsiya g‘oliblari aniqlandi. Uchta yo‘nalishda I, II va III o‘rinlarni egallagan 9 nafar xodim kompaniya direktori Murod Jumayev imzosi bilan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. EMU Express kompaniyasida har chorak yakunida xodimlarning mehnat natijalari sarhisob qilinadi va eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan mutaxassislar rag‘batlantiriladi. 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha baholash uchta nominatsiya — “Chorakning eng yaxshi kuryeri”, “Chorakning eng yaxshi operatori” va “Chorakning faol xodimi” yo‘nalishlarida o‘tkazildi. G‘oliblar jo‘natmalarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, mijozlar bilan ishlash madaniyati, xizmat ko‘rsatish tezligi hamda jamoaviy faoliyatga qo‘shgan hissasi kabi mezonlar asosida aniqlandi. Har bir nominatsiyada I, II va III o‘rinlar belgilanib, jami 9 nafar xodim taqdirlandi. Taqdirlash marosimida 25.07.2026 kompaniya rahbariyati g‘oliblarga Tashakkurnomalarni topshirdi. “2026-yil 2-chorakning eng yaxshi kuryeri” nominatsiyasi I o‘rin - Jumaniyozov Ravshanbek Kamolovich II o‘rin - Imalatdinov Zinatdin Keramatdinovich III o‘rin - Xayritdinov Marat Shuxratovich “2026-yil 2-chorakning eng yaxshi operatori” nominatsiyasi I o‘rin - Jumayev Imomali Ilhom o‘g‘li II o‘rin - Valiyev Javoxir Raufjon o‘g‘li III o‘rin - Rustamov G‘iyos Qaxramon o‘g‘li “2026-yil 2-chorakning faol xodimi” nominatsiyasi I o‘rin - Ulugov Jaxongir Zikiryoxonovich II o‘rin - Asqarov Fayzullo Xayrullo o‘g‘li III o‘rin - Djalilov Abdumalik Abduvaliyevich Tashakkurnomalarda ta’kidlanganidek, ushbu e’tirof g‘oliblarning yuqori professional mahorati, mas’uliyatli yondashuvi hamda kompaniya rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir. EMU Express bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 22 ta filial va 220 dan ortiq qabul-yetkazib berish punkti (PVZ) orqali faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning har bir yutug‘i ortida — kuryerlar, operatorlar va barcha yo‘nalish mutaxassislarining kundalik mehnati turadi. Barcha g‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, professional o‘sish va EMU bilan birga yanada ulkan marralarni zabt etishni tilaymiz.