Mijozlar EMU Express haqida nima deydi: so’rovnoma natijalari

Mijozlar EMU Express haqida nima deydi: so’rovnoma natijalari 2026-yil iyun oyi boshida EMU Express o'z mijozlari o'rtasida keng qamrovli so'rovnoma o'tkazdi. So'rovnomada 1,231 nafar mijozlar - jismoniy shaxslardan tortib internet-do'kon egalari va biznes hamkorlargacha - ishtirok etib, o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ushbu maqolada mijozlarimizning bizning faoliyatimizga bergan baholar va fikrlari asosida, EMU Express haqida nima deyishayotganini siz bilan bo'lishmoqchimiz. Mijozlarimiz bizni tavsiya qilishga tayyor So'rovnomaning eng muhim ko'rsatkichlaridan biri - NPS (Net Promoter Score), ya'ni mijozlarning xizmatimizni do'stlari va hamkasblariga tavsiya qilish ehtimoli natijalari +31,6 ni tashkil etgan holda, o'rtacha baho 10 balldan 7.74 ni ko'rsatdi. Mijozlarning 61 foizi bizni "albatta tavsiya qilaman" darajasida (9-10 ball) o’z sodiqliklarini namoyon etishdi. Xizmat sifatidan umumiy mamnunlik yuqori So'rovnoma ishtirokchilarining 68 foizi ("Juda mamnunman" - 44%, "Mamnunman" - 24%) EMU Express xizmatlaridan mamnun ekanligini bildirdi. Mijozlarimiz ochiq savollarga javob berar ekan, eng ko'p qaytarilgan fikrlar orasida EMU xizmatlariga nisbatan quyidagi kabi fikrlar berilgani bizni, ayniqsa, xursand qildi. "Tez va sifatli yetkazishi yoqadi" "Tezkor, ishonchli va sifatli, yuqori tezlik" "Hamma narsa o'z vaqtida va hech qanday muammosiz keltiriladi" Xodimlarimiz muomalasi - alohida faxrimiz Yana bir quvonarli ko’rsatgich bu mijozlarimizning kuryer va operatorlarimizning bilimi hamda muomalasidan mamnunlik ko'rsatkichidir. Mijozlarning 78 foizi ("Juda mamnunman" - 50%, "Mamnunman" - 28%) xodimlarimiz muomalasini yuksak baholadi. O’z o’rnida aytish joizki, mijozlarning xodimlarimiz haqidagi bu e’tirofi bizning faxrimiz, chunki har bir jo'natma ortida xodimlar mehnati va samimiyati turadi: "Hodimlari xushmuomala, jo'natmalar o'z vaqtida keladi" "Ishchilari xushmuomalali, qulay" "Faol, hushmuomala" "Operatorlar muomalasi va tezligi a'lo" Tezkorlik - mijozlarimiz eng ko'p qadrlagan jihat Ochiq savollarda mijozlarimizdan "EMU Expressda eng yoqqan jihat nima?" mazmunidagi so’rovda, tezkorlik boshqa barcha javoblardan sezilarli ustunlik bilan birinchi o'rinni egalladi. Mijozlarimiz buni turlicha ifodalashdi: Aksariyat mijozlarimiz muammoga duch kelmagan So'rovnomada ishtirok etganlarning 82 foizi EMU Express xizmatidan foydalanish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmaganini tasdiqladi – bu EMU Express xizmatlari barqarorligining yaqqol dalili hisoblanadi. Xulosa Ushbu so'rovnoma natijalari bizga nafaqat kuchli tomonlarimizni tasdiqlash, balki xizmat sifatini har kuni yanada yaxshilanish uchun aniq yo'nalish berdi. Aslida, mijozlarimizning ishonchi, iliq fikrlari va bergan har bir bahosi biz uchun eng qimmatli mukofotdir. Bizga vaqt ajratib, fikringizni bildirgan barcha 1,231 nafar mijozlarimizga alohida minnatdorchilik bildiramiz. EMU Express - 2016-yildan buyon O'zbekiston va butun dunyo bo'ylab ishonchli ekspress yetkazib berish xizmati.