O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish narxi qanday hisoblanadi?

Respublika bo‘ylab jo‘natma yuborish narxi bir qarashda murakkab tuyulishi mumkin — sababi, narx hisoblash nafaqat vazn, balki masofa (zonalar doirasida) va yetkazib berish turiga bog‘liq holda amalga oshiriladi. EMU Express butun O‘zbekiston hududini 5 ta zonaga bo‘lgan va sizning jo‘natmangiz qaysi zonaga tushishiga qarab narx belgilaydi. Keling, bu hisob-kitoblar tizimni bosqichma-bosqich tushuntirib beramiz. EMU Express ikkita asosiy xizmat turini taklif etadi: "Ofisgacha" tarifi - bu tarif bo‘yicha jo‘natmangiz bir shahardagi EMU ofisidan boshqa shahardagi EMU ofisigacha yetkaziladi. Jo’natmani qabul qiluvchi shaxsan o‘zi EMU ofisiga borib oladi. Bu variant mijoz uchun arzonroq va odatda yetkazib berish zonasi masofasiga qarab 24–36 soat ichida amalga oshiriladi. "Uygacha" tarifi - bu tarif bo‘yicha jo‘natma to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qiluvchining uyi yoki manziliga yetkaziladi. Bu variant qulayroq, ammo narx jihatdan “ofisgacha” tarifidan biroz qimmatroqqa tushadi. Ushbu tariflardan qaysi birini tanlash jo‘natmangizning qay darajada shoshilinch ekani yoki sizning qulaylik talabingizga bog‘liq. Zonalar qanday belgilangan? EMU Express O‘zbekiston hududini masofaga qarab 5 ta zonaga bo‘lgan: 0-zona — shahar ichida; 1-zona — 150 km gacha bo‘lgan masofa oralig‘i; 2-zona — 400 km gacha bo‘lgan masofa oralig‘i; 3-zona — 800 km gacha bo‘lgan masofa oralig‘i; 4-zona — 800 km dan ortiq masofa oralig‘idagi hududlar. Masalan, agar siz Toshkentdan Samarqandga (taxminan 350 km) jo‘natma yuborsangiz, bu 2-zonaga to‘g‘ri keladi. Agar jo’natma Toshkentdan Qoraqalpog‘istonga jo‘natilsa, bu 4-zona, ya’ni 800 km dan ortiq masofa oralig‘idagi zonaga mos keladi. Qaysi viloyat qaysi zonada? Har bir viloyatlararo yo‘nalish o‘zining zona raqamiga ega. Quyidagi jadval mavjud 14 ta hudud o‘rtasidagi zonalarni ko‘rsatadi. Aytaylik, pochtangiz Samarqanddan Jizzaxga jo‘natilishi zarur bo‘lsa, bu ikki hudud o‘rtasidagi masofa 150 km gacha bo‘lganligi uchun u 1-zona hisoblanadi. Aksincha, Toshkent shahridan Xorazmga jo‘natiladigan yuk 800 km dan ortiq masofani bosib o‘tgani uchun 4-zona sifatida tavsiflanadi. Zona ma’lumotlari jo‘natmangiz uchun tanlovingizga ko‘ra “ofisgacha” yoki “uygacha” tariflaridan birida narx hisoblashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. "Ofisgacha" tarifi narxlari Agar qabul qiluvchi jo‘natmani EMU ofisidan o‘zi olib ketadigan bo‘lsa, bu variant mijoz uchun eng tejamkor variant. Quyidagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkinki, narxlar 1 kg gacha yaxlitlangan holda viloyat markazi (shahar) ichida, shahardan 40 km gacha bo‘lgan va shahardan 40 km dan ortiq uzoqlikdagi hududlar doirasida hamda qo‘shilgan keyingi har bir kilogramm uchun ko‘rsatilgan. Qo‘shilgan keyingi 1 kg uchun narxlar jo‘natmaning umumiy vazniga qarab (1 kg, 20 kg, 50 kg, 100 kg va 500 kg gacha hamda undan ortiq) turlicha tariflanadi. Misol uchun, agar pochtangiz Samarqanddan Jizzax viloyatining markaziy shahrida joylashgan ofisimizga jo‘natilsa, bu ikki hudud orasi 1-zona hisoblangani uchun sizdan birinchi kilogramm uchun 1-zona narxi, ya’ni 25 000 so‘m tarif olinadi. Agar pochtangiz Samarqanddan Jizzax viloyati markazidan 40 km radiusdan tashqarida joylashgan boshqa bir ofisimizga jo‘natilsa, birinchi kilogramm uchun 1-zona narxi (shahardan 40 km dan ortiq uzoqlikdagi) 35 000 so‘mni tashkil etadi. Qo‘shimcha kilogrammlar uchun esa har bir zona va vazn oraliqlari standarti bo‘yicha haq olinadi. Masalan, siz 501 kg lik yukni 1-zona doirasida shahardan 40 km dan ortiq uzoqlikdagi ofisimizgacha jo‘natsangiz, birinchi kilogrammdan tashqari qolgan vazn quyidagicha bosqichma-bosqich ya’ni 2 kg dan 20 kg gacha bo‘lgan qismi uchun kilosi 6 500 so‘mdan, 21 kg dan 50 kg gacha 5 000 so‘mdan, 51 kg dan 100 kg gacha 4 000 so‘mdan, 101 kg dan 500 kg gacha 3 000 so‘mdan va 500 kg dan ortiq qismi uchun 1 000 so‘mdan hisob qilinadi. Umumiy narxni hisoblash: 1 × 35 000 + 19 (2–20 kg) × 6 500 + 30 (21–50 kg) × 5 000 + 50 (51–100 kg) × 4 000 + 400 (101–500 kg) × 3 000 + 1 (501 kg) × 1 000 = 1 709 500 so’m. Aslida, siz bu turdagi murakkab hisob-kitoblarni mustaqil bajarib o‘tirishingiz shart emas. Mijoz sifatida EMU Expressning korporativ saytidagi onlayn kalkulyatordan foydalangan holda jo‘natuvchi va qabul qiluvchi manzillarini tanlab, yukning og‘irligi hamda o‘lchamlarini (hajmiy vazn bo’yicha) kiritsangiz kifoya. Agar siz yuqoridagi kabi hisob-kitoblarni "Uygacha" tarifi narxlari doirasida ham hisoblab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, EMU Expressning rasmiy tarif kartasidan foydalanib, buni mustaqil amalga oshirishingiz mumkin. Ushbu tushuntirish va misollar orqali tizimimiz algoritmlari yuklar narxini zona hamda hajmga ko‘ra qanday hisoblashini ko‘rsatib berishni maqsad qildik. O‘ylaymizki, ushbu jarayonlar bilan tanishish siz va bizning o‘rtamizdagi shaffoflik hamda ishonchni yanada oshiradi. ESLATMA: Maqolada keltirilgan barcha narxlar va tariflar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Yuqoridagi ma’lumotlar 2026-yil sentyabr oyi holatiga ko‘ra haqiqiy hisoblanadi. Eng so‘nggi va aniq tariflarni bilish uchun EMU Expressning hududiy operatorlariga murojaat qiling.